MENEJMENT
9
Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni,
yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o’z faoliyatini
muvofiqlashtirish, iqtisodiy jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga yo’naltirish,
ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish
yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday
korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas.
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab
chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham
murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar
o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani
ko’paytirishga yo’naltiriladi.
Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga
asoslanuvchi xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning
aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini xisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari
respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro
ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib
nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga
yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatini qurishdan iboratdir.
Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan
foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi,
pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek
tilidagi «Iqtisod» so’zi Grekcha «Oykonomika» (ekonomika), ya’ni «Oykos» - uy,
xo’jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar
birlashmasidan olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini
bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar
10
qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Suqrot,
Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur).
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g’oyalar,
xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy,
Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Хos Hojib, Amir Тemur, Ulug’bek, Bobur kabi
mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Тemur Тuzuklarini keltirish
mumkin. Тemur Тuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi
zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’l-
yo’riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib,
davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash,
maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar
keltirilgan.
Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va
iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi.
Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni
boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyasi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila
boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari
mustahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy
jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan
yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z
ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va
xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro
iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan
xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyasi tug’ila boshlaydi. Chunki
uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo’jalik sub’ektlarini) ongli
ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin.
|