12
Menejment mahorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri bog’lab
qo’llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo’lishidan
iboratdir.
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fani yuqorida keltirilganlarni mazmuni
va mohiyatini ochib beradi, ularni xo’jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va
usullarini o’rgatadi.
“Korxona iqtisodiyoti va menejmenti” fanining
predmeti
- korxonada ro’y
berayotgan iqtisodiy reallikni shakllantiradigan, tartibga soladigan tashkiliy,
iqtisodiy shakl va usullar yig’indisi, ya’ni
korxonaning xo’jalik mexanizmidir.
Korxona xo’jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi.
Birinchidan
, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, korxona va
tadbirkorlikning
shakl
va
turlari,
ularni
ixtisoslashi,
tezkorlashishi,
konsentratsiyalanishi va hokazolar.
Ikkinchidan
, korxonani boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element
iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tuzilishini, ishlab chiqarishga ta’sir
qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o’z ichiga oladi.
Uchinchidan
, korxonaning davlat organlari va iqtisodiyot boshqa sub’ektlari
bilan moliyaviy-kredit munosabatlari, xo’jalik aloqalari.
Тo’rtinchidan
, korxona faoliyatida ishlatiladigan iqtisodiy rag’batlantirish
shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi).
Beshinchidan,
korxona faoliyatini ishlab chiqarishni tartibga solishni huquqiy
shakl va usullari. Yuridik qonunlar, davlat organlarining normativ hujjatlari,
ko’rsatmalari, korxonaning nizomi, ustavi va hokazolar.
Oltinchidan
, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-ruhiy omillar.
Yettinchidan
, davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor munosabatlarini jadallik
bilan joriy qilishga qaratilgan davlatimizning xozirgi iqtisodiy siyosati asosiy
negizini Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan
“