14
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim,
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash,
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga
yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash,
O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o’z
ifodalarini topadi va
korxonaning faoliyatini yo’naltiradi.
Sakkizinchidan
, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari.
Korxonaning xo’jalik mexanizmi murakkab va ko’p qirrali tushunchadir.
Хo’jalik mexnizmini o’rganish orqali korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy
hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo’llarini aniqlash
imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Barcha iqtisodiy fanlarning usullarini falsafiy asosi va umumiy bilish quroli
sifatida
dialektika usuli
ishlatiladi. Shu bilan birga bilish jarayonining rivojlanishi
asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham topilgan.
Ular qatoriga
induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi.
Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan kelib chiqib tabiat, jamiyat va
tafakkurning umumiy qonunlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni
falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o’rganish usuliga dialektika deb tushuniladi.
Induksiya
lotincha «inductio» so’zidan olingan bo’lib xabar olish mazmunini
bildiradi. U fikr yuritishning bir tipi va tadqiq qilish usulidir. Umuman
induksiya
tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan
umumiylikka o’tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy
bilimga ega bo’lish
uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o’rganilib,
xulosa qilinadi.
Deduksiya
lotincha «deductio» so’zidan olinib so’zma-so’z «chiqarish»
ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir xili va tadqiq
qilish usuli bo’lib, induksiya usulining teskarisini ishlatadi. Deduksiya usuli
15
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib
boriladi.
Analiz va sintez
grekcha «analisys» va «sinthesis» so’zlaridan olingan bo’lib,
analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi.
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo’lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy
bo’limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlardan
yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik uslublaridandir.
Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo’lib «Iqtisodiy
tahlil nazariyasi», «Хo’jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili»
degan fanlarning
mavjudligi hisoblanadi.
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning
usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’p arsenalli usul va uslublarni o’z
predmetini o’rganishda ishlatadi. Тabiiy yo’naltirilishi bo’yicha bu usul va uslublar
iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, prognozlash,
rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo’yicha bu usullar
son va sifat tahlili, solishtirish,
kuzatish, eksperiment o’tkazish, tizimli tahlil,
modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo’linadi. Bular bilan bir
qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi.