172
1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar,
olingan natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar
miqorini uning narxiga koʻpaytirish opqali hisoblanadi;
2) ragʻbatlantirish vazifasi — narx ning oʻzgarishi
ishlab chiqarish hajmini
oʻzgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab
ragʻbatlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shar-tsharoit oʻzgarmagan taqdirda)
taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga
ishtiyoq bagʻishlaydi;
3) raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va
bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni
oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar.
Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
4) iqtisodiyotni tartiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy
iqtisodiy dastak yoki vosita, narx oʻzgarishiga qarab
nimani va qancha ishlab
chiqarish kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻplab
ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab
chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga
qarab bozori
kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab
chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga,
eski soha qisqarib, yangi sohaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni
qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida
qo’llanilishi narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va
qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida
yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda maʼlum yil
asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa
yillar bilan taqqoslanadi. Joriy narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy
natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi
va shu kabi koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi.
173
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.