• H imoyalovchi maydonchalar v
  • Karer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar




    Download 2.07 Mb.
    bet5/16
    Sana16.02.2024
    Hajmi2.07 Mb.
    #157743
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Kursovoy
    Biotexnologiya haqida tushuncha, 1, 1-Соатлик конспект, Boysari Rashidov 121-guruh, JARAYONLAR TAQIQOTI SLAYD, 8 mavzu, Mustaqil ish mavzulari (1), bosim, vORISOV, Funksional 3, 941, 945, 4 top inves (1), xufyona -4, a3b5f928-9235-4b7a-a289-bcaa52700ce0
    1.2. Karer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar.
    Karerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari mavjud.(3- rasm)

    3-rasm. Karerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari
    Yuqori pog‘onaning yuqori brovkasini quyi pog‘onaning quyi brovkasi bilan bog‘lovchi chiziqlar orasidagi burchak ish olib boriladigan bortning qiyalik burchagi, esa ish olib borilmaydigan bortning qiyalik burchagi deyiladi.
    Ish olib boriladigan bortning pog‘onalarini ajratuvchi ishchi maydonlarda tog‘ jinslari yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi maydon kengligi Vr.p=40-80 m, ishchi bort qiyalik burchagi esa =7-15˚ ni tashkil etadi.
    Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar kichik kenglikdagi maydonchalarga: transport va ximoyalovchi maydonchalarga bo‘linadi. Ish olib borilmaydigan bort qiyalik burchagi 35-45˚ ni tashkil etadi.
    Karerning ishchi borti pastki gorizontda joylashgan transheyani o‘tish hisobiga shakllanadi.
    Pog‘onalarda zaxodkalarning qazib borilishi bilan birgalikda karerning ishchi borti ham siljib boradi va karerning chegara konturiga yaqinlashadi, so‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga aylanadi.
    Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib borilmaydigan pog‘onalar deyiladi.
    Transport maydonchalari vt karerdagi ishchi maydonlarni yuza bilan bog‘lovchi transport yo‘llari joylashishi uchun xizmat qiladi. Transport maydonchalarining kengligi 10-25 m ni tashkil etadi.
    Himoyalovchi maydonchalar vp bort turg‘unligini oshirish va shamol ta’sirida pog‘onalarning emirilishi natijasida o‘pirilib tushadigan tog‘ jinslari bo‘laklarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchalar kengligi 3-5 m ni tashkil etadi.
    Odatda karer shakli (planda) ovalsimon bo‘ladi. Karer uzunligi 0,5 km dan 5 km gacha bo‘ladi, ba’zan esa undan ham yuqori, kengligi esa 2-4 km ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda karerlarning chuqurligi bir necha o‘nlab metrdan 300-450 m gacha etadi. Loyihalarda va istiqbolli karerlarda texnik-iqtisodiy hisoblarda karerlarning oxirgi chuqurligi 500-900 m gacha etadi.
    Karerda bo‘sh tog‘ jinslari va foydali qazilmaning umumiy hajmi (kon massasi hajmi) uning o‘lchamlariga bog‘liq va bir necha o‘n ming dan yuz million metr kubgacha etadi.
    Yotiq qatlamlarni qazib olishda, foydali qazilmani qazib olgandan so‘ng karerda hosil bo‘lgan maydon qazib olingan maydon deyiladi. Agar texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, bu maydonga qoplovchi jinslarni joylashtirish yoki foydali qazilma va qoplovchi jinslarni tashish uchun qo‘llaniladigan transport kommunikatsiyalarini joylashtirish uchun foydalanish mumkin.
    Ochiq kon ishlari er yuzasini va er maydonidan foydalanishni buzilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ochiq kon ishlarini atrof muxitga ta’sirini yo‘qotish yoki kamaytirish maqsadida, qazib olish jarayonida va kondan foydalangandan so‘ng ag‘darmalarni, qazib olingan maydonni va boshka er yuzasidagi buzilgan uchastkalarni, rekultivatsiya kilish ishlari amalga oshiriladi.
    Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan va keraksiz bo‘lgan tog‘ jinslari va nokonditsion foydali qazilma boyliklari to‘planadigan joyga ag‘darma deb aytiladi. Agar, ag‘darma oldin qazib o‘tilgan karer maydonida joylashgan bo‘lsa ichki ag‘darma, karer chegarasidan tashqariga joylashgan bo‘lsa tashqi ag‘darma deb aytiladi.
    Konni yoki uning bir qismini bitta karer bilan qazib olinsa, u karer maydoni deb aytiladi. Karer maydonining plandagi va chuqurlikdagi o‘lchamlarini tavsiflovchi geometrik shakl uning hajmi hisoblanadi. Uning tarkibiga karer tashqarisiga chiqarib tashlangan qoplovchi jinslar, sanoat maydonchasi va boshqa ishlab chiqarish qurilmalari joylashgan chegara, ya’ni karerning er shaxobchasi kiradi.


    Download 2.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 2.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Karer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar

    Download 2.07 Mb.