BOB. KARER ELEMENTLERI VA PARAMETIRLARI




Download 2.07 Mb.
bet2/16
Sana16.02.2024
Hajmi2.07 Mb.
#157743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kursovoy
Biotexnologiya haqida tushuncha, 1, 1-Соатлик конспект, Boysari Rashidov 121-guruh, JARAYONLAR TAQIQOTI SLAYD, 8 mavzu, Mustaqil ish mavzulari (1), bosim, vORISOV, Funksional 3, 941, 945, 4 top inves (1), xufyona -4, a3b5f928-9235-4b7a-a289-bcaa52700ce0
1.BOB. KARER ELEMENTLERI VA PARAMETIRLARI

1.1Ochiq kon ishlarining mohiyat va asosiy tushunchalar
Bevosita yer yuzasida turib ochiq kon lahimlarida (transheya yoki yarim transheyalarda) amalga oshiriladigan kon ishlari, ochiq kon ishlari nomi bilan ataladi. Ochiq kon ishlarining asosiy maqsadi, foydali qazilma konlarini qazib olish hisoblanadi. Ochiq kon ishlarini qo’llash orqali foydali qazilma konlarini qazib olish usuli ochiq usulda qazib olish deyiladi. Foydali qazilmalami ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi karyer deb ataladi. Ko’mir va sochma konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida “karyer” termini o’rniga “razrez" yoki “priisk” atamasi qo’llaniladi. Ochiq kon ishlarini olib borish jarayonida konning yuza qismi buziladi va yuzada sun’iy hosil qilingan yuza bilan chegaralovchi qazib olingan maydon hosil bo’ladi. Kon lahimlari jamlanmasi bilan ifodalangan bu qazib olinean maydon “karyer” nomi bilan ataladi. Shu tariqa, “karyer” tushunchasi xo’jalik va texnik mazmunlarda qo’llanilishi mumkin. Qazib olingan maydonning ahamiyatli o ’lchamlarida (hozirgi zamon karyerlarida qazib olingan maydon yuzlab million metr kub hajmga ega va bir necha yuz metr chuqurlikka yetadi) karyer atroflni o’rab turgan tog’ jinsi massivining tabiiy muvozanati buziladi. Bu esa, karyeming yon yuzasini deformastiyasiga (o’pirilishi va qulashi ), kon ishlarini normal olib borilishini buzilishi va avariyaga olib keladi. Bunday oqibatlarga yo’l qo’ymaslik uchun karyeming yon yuzasiga ularning turg’unligini oshirish uchun ma’lum bir qiyalik hosil qilinadi. Shunga bog’liq holda, ochuvchi va qoplovchi deb ataluvchi, foydali qazilmani qoplab va unga aralashib turgan tog’ jinsining ancha hajmini olib tashlash zarurati paydo bo’ladi. Hozirgi zamon karyerlarida tashiladigan qoplovchi jinslaming yillik hajmi o’nlab million metr kubni tashkil etadi va odatda, qazib olinadigan foydali qazilma hajmidan ko’p marotaba oshadi. Foydali qazilma, qoplovchi tog’ jinsi karyerdan yer yuzasiga chiqariladi. Foydali qazilma qulay joylashgan sharoitlarda massivdan ajratib olingan qoplovchi tog’ jinsi karyerdan tashqariga chiqarilmasligi ham mumkin, balkim, uni qazib olingan maydonga joylashtirish mumkin.
Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish to’g’risida tushuncha Konchilik sanoati


Download 2.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 2.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB. KARER ELEMENTLERI VA PARAMETIRLARI

Download 2.07 Mb.