• Usul
  • INGALYATSION NARKOZ
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet138/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    Mustaqilish uchun topshiriq.
    Uyda yurakni massaj qilish,so’niy nafas berish bo’yicha rasmlar kolleksiyasi to’plab albom tayyorlash.
    Mavzu 2 Og’riqsizlantirish va jonlantirish usullari


    Mashg`ulotning maqsadi:
    Talabalarga og’riqsizlantirish turlari, usullari, narkozning bosqichlari, narkozdan so’ng bo’ladigan asoratlar va bu asoratlarni oldini olish choralari haqida tushuncha berish

    Usul: amaliy mashg`ulot
    Vaqti: 2 soat (80 minut)
    O`tkazish joyi: o`quv xonasi


    Mashg`ulot anjomlari: tarqatma materiallar plakat, doka, paxta, qaychi bint, spirt, furatsilen,


    Ishni bajarish tartibi: 1. og’riqsizlantirish usullari
    2. narkozning bosqichlari haqida tushuncha
    3. narkozdan so’ng bo’ladigan asoratalrni oldini olish

    Narkotik moddalar yordamida og‘riq sezuvchanlikni yo‘qotish og‘riqsizlantirish deyiladi. Og‘riqsizlantirish to‘g‘risidagi fan anestoziologiya deyiladi. Barcha xirurgik operatsiyalar va yaralarni xirurgik tozalash og‘riqsizlantirish yo‘li bilan bajariladi. Og‘riqsizlantirishning ikki xil: umumiy og‘riqsizlantirish va mahalliy yoki joyli og‘riqsizlantirish usuli bor.




    INGALYATSION NARKOZ

    Ingalyatsion narkoz umumiy og‘riqsizlantirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan va oddiy usul hisoblanadi. Bu usulda bemorga biror narkotik moddaning bug‘i bilan nafas oldiriladi. Narkotik moddalarni o‘pka orqali yuborish katta qulayliklar tug‘diradi. Bunda ular juda tez shimiladi va qonga o‘tadi. Ingalyatsion narkoz uchun efir, xloroform, xloretil, azot (II)-oksid va keyingi vaqtlarda nartsilen ishlatiladi. Narkoz berish vaqtida dorilarni hidlatish uchun maxsus niqoblardan foydalaniladi. Ilgarilari Esmarx niqobidan foydalanilgan, bu niqob bemorning og‘zi va burnini berkitib turadi. Esmarx niqobi metall simdan yasalgan bo‘lib, ustiga 3-4 qavat doka qoplanadi, efir yoki xloroform alohida shisha idishlar orqali tomchilab tushiriladi. Bundan tashqari Shimmel-Bush, Sadovenko-Ombredan niqoblaridan ham foydalaniladi. Bu niqoblar yordamida narkoz berish quyidagicha bajariladi: bemor stolga chalqancha yotqiziladi, ustiga choyshab yopiladi. Shilliq pardalar efirdan kuymasligi uchun bemorning yuzi, burni, og‘zi atrofiga vazelin surtiladi, ko‘zini esa sochiq bilan yopib qo‘yiladi. Bemorning qo‘l va oyoqlari mahkam bog‘lanadi, protez tishlar bo‘lsa olib qo‘yiladi. Narkotizator yordamchisi bemorning boshini va pastki jag‘ini ushlaydi, tili orqaga ketib qolmasligi uchun pastki jag‘i bir oz oldinga chiqariladi. Bemor yuziga niqob qo‘yib sochiq bilan mahkam o‘rab, niqobga tomchilab efir qo‘yib turiladi. Bemorga 100 gacha sanash buyuriladi. Uning yoshi, jinsi va umumiy ahvoliga qarab, minutiga 20-60 tomchi efir tomiziladi. O‘rta hisobda bitta operatsiya uchun 2-3 flakon, ya’ni 200-250 g efir sarflanadi. Niqob yordamida narkoz berilganda bemor hidlayotgan efir miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, chunki efirning anchagina qismi havoga uchib ketadi.


    Maxsus narkoz apparatlari yordamida ingalyatsion narkoz berish xavfsiz va qulay. Bunda efir kislorod bilan aralashtirib beriladi. Keyingi yillarda operatsiyalar intubatsion narkoz bilan bajarilmoqda. Bunda gaz va bug‘simon narkotiklar maxsus naychalar orqali traxeya va bronxlarga yuboriladi. Bemorlarga ingalyatsion narkoz berilganda quyidagi bosqichlar o‘tiladi.
    Birinchi bosqich — mast bo‘lish davri. Bu davrda bemorning ko‘z oldi qorong‘ilashadi, og‘riq sezuvchanligi kamayib, keyin yo‘qoladi. Savol-javobga yanglishadi. Tuyg‘u va mushaklar tarangligi saqlanadi. Puls va nafas olish tezlashadi, ko‘z qorachig‘i bir oz torayadi. Bu davrda kichik operatsiyalar qilish mumkin.
    Ikkinchi bosqich — qo‘zg‘alish davri. Bu davrda bemor ko‘pincha baqiradi, so‘kinadi va ashula aytadi. Qo‘zg‘alish davri ayollarda, bolalarda yengil o‘tadi, baquvvat erkaklarda esa uzoq vaqt (15-20 minut) davom etadi va og‘ir o‘tadi.
    Uchinchi bosqich — chuqur uyqu davri. Bunda sezuvchanlik butunlay yo‘qoladi. Ana shu davrda operatsiya qilinadi. Agar operatsiya cho‘zilib ketsa, bu davrni 2-3 soatgacha cho‘zib turish lozim bo‘ladi.
    I f a z a d a bemor butunlay hushidan ketadi. Og‘riq sezuvchanligi, taktil-sezuvchanligi yo‘qoladi. Mushaklar tonusi bo‘shashadi. Bemor bir tekis va chuqur nafas oladi, bu uchinchi bosqichning birinchi fazasi deyiladi.
    II f a z a d a mushaklar tonusi butunlay bo‘shashadi, ko‘z qorachig‘i torayadi, reflekslar yo‘qoladi. Bu fazada til orqaga — halqumga ketib qolish xavfi tug‘iladi. Nafas olish, puls oldingi darajada turadi. Narkozni davom ettirish uchun ozgina miqdordagi efir bir tekis beriladi.
    III faza chuqur narkoz bilan xarakterlanib, qisqa vaqtga ruxsat etiladi. Puls tezlashadi, arterial bosim pasaya boshlaydi, ko‘z qorachig‘i torayganicha qoladi.
    IV f a z a bemor uchun xavfli bo‘lib, ko‘pincha asfiksiya bilan tugaydi. Nafas olish tezlashadi, lekin yuza bo‘ladi. Puls tezlashadi, arterial bosim pasayib boradi. Bu faza yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan faza deyiladi.
    To‘rtinchi bosqich — uyg‘onish davri. Bu davrning uzoqligi har xil bo‘ladi. Bu davr 1 soatdan 3-4 soatgacha cho‘zilishi mumkin va u operatsiyaning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
    Uyg‘onish davrida bemorni diqqat bilan kuzatib turish kerak, chunki bu davr qo‘zg‘alish davri kabi kutilmagan hodisalar ro‘y berishi mumkin.
    Xirurgiyada bundan tashqari, vena orqali va to‘g‘ri ichak orqali narkoz beriladi. Venaga geksenalning distillangan suvdagi 10% li eritmasi va tiopental natriyning 2-5% li eritmasi juda sekinlik bilan yuboriladi. To‘g‘ri ichak orqali esa efir, narkolan yoki overtin-dan narkoz beriladi.



    Download 0,95 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.