35-rasm. Kalistov usulida sun’iy nafas berish
|
Narkoz qaysi usulda berilishidan kat’i nazar, narkotizator stolchasini tayyorlab, bemor yotgan operatsiya stolining bosh tomoniga qo‘yadi. Stolchada quyidagilar: 2-3 flakon efir, efirni tomchilab quyish uchun maxsus shisha idish kapelnitsa, tiltutqich, og‘iz kengaytirgich, sterillangan shprits va ninalar, korntsang, efir flakonini ochish uchun shtopor yoki pichoqcha, fonendoskop yoki stetoskop, sterillangan sharik va salfetkalar, qusishda ishlatiladigan idish, har xil qisqichlar, traxeotomik naychalar bo‘ladi. Bulardan tashqari, kamfora, kofein, lobelin, adrenalin, efedrin, strixnin, digalen eritmalari, vazelin hamda yostiqchalarda kislorod taxt turishi shart.
ORQA MIYA ORQALI OG‘RIQSIZLANTIRISH
Oyoq suyaklari singanda, tos suyaklari sinib, ichki organlar shikastlanganda va boshqa hollarda operatsiya qilinganda bemor orqa miya orqali og‘riqsizlantiriladi. Bunday og‘riqsizlantirishni faqat narkotizator bajaradi. Buning uchun, odatda, uzunligi 10-12 sm bo‘lgan uchi o‘tkir charxlangan nina ishlatiladi. Og‘riqsizlantirnsh uchun 5% li novokain eritmasi ishlatiladi.
MAHALLIY OG‘RIQSIZLANTIRISH
Xirurgiyada juda ko‘p operatsiyalar mahalliy og‘riqsizlantirish (anesteziya) yo‘li bilan bajariladi. Umumiy anesteziyaning qo‘llanishi bemor ahvolining og‘irlashishiga olib borishi mumkin bo‘lgan hollarda mahalliy anesteziyaning ishlatilishi maqsadga muvofiq. Og‘riqsizlan-tirish uchun ishlatiladigan maxsus eritmalar nerv tolalariga va uchlariga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum sohada sezuvchanlikni yo‘qotadi. Mahalliy og‘riqsizlantirish uchun novokainning 0,25, 0,5 va 1% li eritmalaridan foydalaniladi. Novokainning og‘riqsizlantirish ta’siri 1-1,5 soat davom etadi, bunga adrenalinning 1:1000 eritmasidan 0,5 ml qo‘shilsa, uning kuchi ancha ortadi. Bundan tashqari, mahalliy og‘riqsizlantirish uchun dikain eritmasi (1:1000-1:2000), sovkain (1:2000-1:5000), kokain va boshqa analgetiklar ishlatiladi. Mahalliy anesteziya uch guruhga ajratiladi:
Terminal yoki yuzaki anesteziya.
Infiltratsion anesteziya.
Regionar anesteziya.
|