32-rasm. Sun’iy nafas oldirish usullari:
chapda – Silvestr usuli; o’ngda Shefer usuli:
a) nafas olish; b) nafas chiqarish.
Ko‘krak qafasini bosish to‘xtatilgach, u asli holatiga qaytadi, nafas olinadi. Qovurg‘alar chetini qo‘l bilan yuqoriga ko‘tarish va uni kengaytirish nafas olish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bunday harakat har daqiqada 16-18 marta takrorlanadi.
Bemorning qovurg‘a, bilak va yelka suyaklari, umurtqalari singanda Silvestr, Shefer usullaridan foydalanib bo‘lmaydi, chunki bunda singan sohada og‘riq kuchayadi va bemorning ahvoli yana ham og‘irlashib qolishi mumkin.
Nafas olishning to‘xtashi ko‘pincha tilning orqaga ketib qolishi natijasida kelib chiqadi. Bunday hollarda Lobardo usulidan foydalanish yaxshi natija beradi. Bemorning og‘zi og‘iz kengaytirgich bilan kengaytiriladi, tili tiltutqich, salfetka yoki ligatura yordamida ushlab, ritmik ravishda tortib-tortib turiladi va bu o‘z navbatida nafas olishga yordam beradi.
Sun’iy nafas oldirishning hozir qo‘llannlayotgan quyidagi uslublari ko‘proq samara beradi.
Ruben (faol) uslubi sun’iy nafas oldirishning eng qulay usuli bo‘lib, u «og‘izdan-og‘izga» qoidasi asosida olib boriladi. Buning uchun bemor chalqancha yotqiziladi, boshi bir oz orqaga egiladi. Yordam beruvchi uning yon tomonida o‘tirgan holda bemorning burnini qisib berkitib turib, uning og‘ziga bint yoki doka yopadi, keyin og‘zi bilan bemorning og‘ziga qattiq puflaydi. Bu usul sun’iy nafas oldiradigan maxsus naycha yordamida bajarilsa yana ham yaxshi bo‘ladi (33-rasm).
33-rasm «Og‘izdan-og‘izga» sun’iy nafas oldirish: yuqorida sun’iy nafas oldiriladigan maxsus naycha
|
|
| 34-rasm. Yurakni tashqi tomondan massaj qilish
Nafas olinadigan havoni «og‘iz-burunga» puflash. Bemorning boshi orqasiga engashtiriladi, pastki jag‘ini qo‘l bilan ko‘tarib, og‘zi yopiladi. Yordam beruvchi odam chuqur nafas oladi, bemorning burnini ro‘molcha (doka) orqali lablari bilan zich qamraydi va o‘pkasidan havo chiqaradi. Bu usulda sun’iy nafas oldirilganda zich rezinkadan tayyorlangan oddiy naychadan foydalanish mumkin, bu naychaning bir uchi burunning bir katagiga kiritiladi, ikkinchi katagi esa barmoq bilan berkitiladi. Naychaning erkin uchi og‘izga olinib, vaqti-vaqti bilan puflanadi.
Sun’iy nafas oldirishni yurak vositalari (2 ml 25% li kordiamin eritmasi, 1 ml 10% li kofein eritmasi, 1 ml 5% li efedrin eritmasi mushak ichiga yoki venaga yuboriladi, nafasni tiklaydigan dorilar: 1 ml sititon, 1 ml 1% li lobelin) bilan qo‘shib olib borish kerak.
Narkotiklarni ko‘p berib yuborish natijasida narkoz paytida yurak harakati to‘xtab qolishi mumkin. Ba’zi hollarda yurak ishi keskin buziladi, puls tez uradi, sust bo‘ladi, zo‘rg‘a bilinadi, keyin butunlay yo‘qoladi. Yurak to‘xtashi bilan nafas yuza, zo‘r-bazo‘r bo‘lib, oxirida to‘xtaydi. Bemorning rangi oqarib ketadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, yorug‘likka reaksiya bermaydi. Og‘zi ochilib, jag‘i pastga tushib ketadi. Yurak harakati sustlashganda, yaradan oqayotgan qon to‘xtaydi, yara quruq bo‘lib qoladi. Yurak harakati sustlashishining birinchi belgilari yuz berishi bilanoq narkoz berishni to‘xtatish, vena qon tomiriga yurak ishini yaxshilaydigan dorilar (strofantin va boshqalar), teri ostiga kofein va kamfora eritmalari yuborish zarur.
Tezlik bilan sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish kerak (34-rasm). Yurakka adrenalin eritmasini yuborish tavsiya etiladi.
Yurak 2 xil usulda massaj qilinadi. Yopiq massaj usuli quyidagidan iborat: yurak sohasiga kaftni yoki qo‘l ustiga qo‘lni qo‘yib ritmik ravishda minutiga 70 martagacha bosiladi. Bu harakat yurak sohasini ritmik ravishda bosib-qo‘yib turishdan iborat bo‘ladi. Yurakni yopiq massaj qilish natija bermasa, u holda ochiq massaj qilish kerak. Bu usulni xirurg bajaradi. Bemorning qorin devori ochiq bo‘lsa, yurakni massaj qilishda xirurg qo‘lini qorin bo‘shlig‘iga tiqib, yurakni diafragma va ko‘krak devori orasida siqish yo‘li bilan massaj qiladi yoki bo‘lmasa ko‘krak qafasini tezlik bilan ochib, yurakni barmoqlar orasiga olib, minutiga 70 marta massaj qiladi. Yurak urishi yaxshilanib, bir me’yorda ura boshlagach, massaj qilish to‘xtatiladi (35rasm).
Kallistov usulida kimyoviy zaharlanish o‘chog‘ida zaharlangan odamning protivogazni yechmasdan turib, sanitariya zambilining tasmasi uzun sochiq yoki uzun tasmadan foydalanib, sun’iy nafas oldiriladi (35-rasm).
Buning uchun zaharlangan odamning boshini bir tomonga qiyshaytirib, qorni bilan yotqiziladi, boshi tagiga biron yumshoq narsa (kiyimi) qo‘yiladi. Sanitar ko‘ngillisi uning bosh tomonida turib, tasmani kuraklar ustiga qo‘yib, qo‘ltiq ostidan yuqoriga o‘tqazadi. Oldinga egilib, tasmaning uchlarini qo‘liga olib, qo‘lni egmasdan zaharlangan odamni ko‘targanda u nafas oladi, oldinga egilib, oldingi holatiga keltirilganda nafas chiqaradi.
Yosh bolalarda yurak tashqi tomondan ikkita barmoqning uchi bilan massaj qilinadi (turtki soni 100-120 bo‘lishi kerak), 10-12 yoshdagi bolalarda esa bunday massaj faqat bir qo‘l bilan bajariladi (turtki soni 70-80).
|