• 4-masalaga javob.
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet30/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    TEMIR YETISHMOVCHILIGIDAN KELIB



    CHIQADIGAN KAMQONLIK


    4-masala. 38 yoshli L. o‘zida charchashlik, bo‘shashishdik, soch to‘qilishi va og‘iz burchaklarining bichilishi alomatlarini kuzatadi. Kamqonlik bilan kasalxonaga yetgunga qadar temir preparatlari bilan davolangan. Bemor kup yillardan beri hayz ko‘rish paytida ko‘p qon yo‘qotadi. Obyektiv tekshirilganda teri va shillik pardalari rangi oqargan, og‘iz burchaklari bichilgan, tirnoqlarida chiziq bor. Hb—60 g/l, rang ko‘rsatkichi 0,65, qon formulasi uzgarmagan, retikulotsktlar — 20%.
    1. Kamqonlikning kelib chiqishiga qanday patologik mexanizmlar ta’sir qilgan?
    2. Bemorni davolash choralarini aytib bering?
    a) suyak ko‘migini tekshirish kerak;
    b) qon zardobidagi temir miqdorini aniqlash zarur;
    v) vitamin V12 bilan qo‘shimcha ravishda davolash kerak;
    g) temir preparatlari berishni to‘xtatib, vitamin V)2 buyurish kerak.
    4-masalaga javob. 1. Bemor hayz ko‘rgan vaqtida ko‘p qon yo‘qotishi natijasida giposideroz (og‘iz burchagining bichilishi, soch to‘qilishi, tirnoqdagi ko‘ndalang chiziqlar) paydo bo‘lishi temir yetishmovchiligidan kelib chiqqan kamqonlik borligini bildiradi. Bunday kamqonlik ko‘pincha bola tug‘ish yoshida ko‘proq kuzatiladi.
    2. Temir yetishmovchiligidan kelib chiqadigan kamqonlik deb tashxis ko‘yishdan avval qon zardobidagi temir miqdorini aniqlash kerak. Bu bemorda qondagi temir miqdorini to‘g‘ri aniqlab bo‘lmaydn, chunki tekshirishdan oldin bemor temir moddasini kabul kilgan bo‘ladi. Qonda retikulotsitlarning oz mikdorda bo‘lsa ham ko‘payishi berilgan temir ta’sirida eritrotsitlar ishlab chiqarilishi kuchaygannni ko‘rsatadi. Bunday o‘zgarish kasallik rivojlannshdan tuxtab, tuzalish boskichiga o‘tgakini kursatadi. Agar bemorga temir preparatlarn berish davom ettirilsa, 3—4 xaftadan keyin gemoglobin mikdorn normaga keladi. Temir taqchilligidan bo‘ladigan kamqonlikda vitamin V12 berish mone’lik qiladi. Bu kamqonlikda suyak ko‘migini tash­xis qo‘yish maqsadida tekshirish ham foydasiz xisoblanadi.
    5-masala. 42 yoshli R. kasalxonaga bo‘shashayotganligi, boshi aylanayotganligi, ozgina jismoniy harakat qilganda hansirab qolayotganligi uchun keltirilgan. Anamnezida oshqozoni Bilrot I usuli bilan operatsiya qilinganligi aniqlangan. Bir necha yildan beri qon ketib turuvchi bavosil bilan ogriydi. Obyektiv tekshirilganda terisi va shilliq qavatlarining rangi oqargan, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin eshitiladi, yurak minutiga 96 marta qisqaradi, arterial bosimi 120/80. Qon analizi: Nb—50 g/l, rang ko‘rsatkichi — 0,6, qon formulasi o‘zgarmagan, qon zardobida temir— 5 mmol/l. Jarrohning xulosasi: ichki va tashqi bavosil kasalligi borligi sababli operatsiya qilish kerak.
    1. Bemorni qaysi usul bilan davolash muhokama qilinmoqda.
    a) ferropleks bilan davolab turib, so‘ngra ope­ratsiya qilish kerak;
    b) ferrumlek buyurish zarur;
    v) qon quyish kerak;
    g) ferropleksni «V» guruhdagi vitaminlar bilan birga berish zarur;
    d) kamqonlikning sababini bilish uchun suyak ko‘« migini tekshirish kerak.
    2. Qachon temir preparatlari ichish va inyeksiya qilishga buyuriladi?

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.