Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




Download 0,95 Mb.
bet32/186
Sana29.05.2024
Hajmi0,95 Mb.
#256679
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   186
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

TEMIR YETISHLYUVCHILIGIDAN KELIB CHIQADIGAN

KAMQONLIK


GEMOLITIK KAMQONLIK



7-masala. 35 yoshli bemor yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi natijasida (qisqa vaqt isitmasi ko‘tari-ladi, bo‘shashgan, boshi aylanadi) isitmasi 38°S ga ko‘tarilgani va terisining rangi sal sarg‘ayganidan shi­koyat qiladi. Bir marta siydigi qora rangga kirgan. Obyektiv tekshirilganda terisi oq. sariq rangda, tomir urishi minutiga 100 marta. Talog‘i kattalashgan (uzunligi 14 sm). Qon analizi: Nb—50 g/l, L—14X109 l, miyelotsitlar — 2, metamiyelotsitlar — 2, P—10, S—60, L—18, M—8, retikulotsitlar — 60%, bilirubin — 62 mkmol/l.
1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) oshqozon-ichagidan qon ketgan;
b) sepsis;
v) autoimmun gemolitik kamqonlik;
g) surunkali miyeloleykoz;
d) subleykemik miyeloz.
2. Tashxisni tasdiqlash uchun qanday tekshirish usulidan foydalanish kerak?
7-masalaga javob. 1. Klinik va laboratoriya belgilariga qaraganda bemorda gemolitik kamqonlik (taloq kattalashgan, retikulotsitlar va bilirubin kupaygan) bor. Siydikning qora rangda bo‘lishi va isitma qon tomir gemolizini ko‘rsatadi. Neytrofilli leykotsitlarning bo‘lishi (eritrotsitlarning qon parchalanishidan paydo bo‘lgan leykomoidli reaksiyasi) o‘tkir gemoliz borligini ko‘rsatadi. Gemolitik kamqonlik belgilari paydo bo‘lishini nafas yo‘llarining o‘tkir yallig‘lanishidan deb o‘ylash mumkin, bu ko‘pincha Virusli infeksiyadan keyin paydo bo‘ladi. Autoimmun gemolitik kamqonlikning patogenetik mexanizmida eritrotsitlarga nisbatan antitelalar hosil bo‘ladi.
2. Autoimmun gemolitik kamqonlikni keltirib chiqargan eritrotsitlardagi autoantitelalarni aniqlab tashxis qo‘yish uchun kumbs sinamasi qo‘llaniladi.
8-masala. 60 yoshli bemor bo‘shashish, sal harakat qilsa hansirab qolish, isitmasi 37,8—38°S gacha ko‘tarilishidan shikoyat qiladi. Gipertoniya kasalligi bo‘lganligi uchun bir yil davomida dopegit ichib yurgan. Obyektiv tekshirilganda terisi och sariq rangda, jigari va talog‘i kattalashgan. Qon analizi: Nb—58 t/l, E—1800000; rang ko‘rsatkichi — 1,1, L—9,2—109/l formulasi o‘zgarmagan, trombotsitlar — 250x109/l, re­tikulotsitlar— 38%, bilirubinning to‘g‘ri bo‘lmagan-fraksiyasi — 62 mkmol/l.
1. Qaysi kasallik to‘g‘risida o‘ylash mumkin?
2. Qaysi usul bilan davolash yaxshi natija beradi?
a) qon zardobidagi temir miqdorini aniqlash;
b) prednizolon bilan pulsterapiya qilish;
v) prednizolon bilan immunodepressantlar be­rish;
g) taloqni olib tashlash;
d) plazmoforez qilish.
3. Davolash uchun kanday usulni kullash kerak?



Download 0,95 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   186




Download 0,95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

Download 0,95 Mb.