|
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi
|
bet | 33/186 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #256679 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.orgGEMOLITIK KAMQONLIK
8- masalaga javob. 1. Bemorda gemolitik kamqonlikning klinik — gematologik (terining sarg‘ayishi, taloqning kattalashishi, retikulotsitlar va to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubinning ortishi) belgilari bor. Turli ma’lumotlarga qaraganda dopegit qabul qilgan bemorlarning 1/3 qismida eritrotsitlarga qarshi autoantitelalar hosil bo‘lishi mumkin ekan. Kumbs sinamasi yordamida 70% bemorda gemolitik kamqonlikdagi antitelalar borligi aniqlandi. To‘gri bo‘lmagan Kumbs sinamasi tashxis qo‘yishda ahamiyatga ega emas.
2. Prednizolon bilan davolash antimmun gemolitik kamqonlikda 50% holda foyda beradi. Glyukokor-tikoidlarning adekvat dozasi (prednizolon bemorning 1 kg vazniga 1 mg dan beriladi) samara bermasa, taloqni olib tashlash masalasi qo‘yiladi. Agar splenektomiyadan keyin ham bemorning ahvoli yaxshilanmasa, immunodepressantlar beriladi. Agar glyukokortikoidlarning yuqori dozasi bilan davolangandan keyin ham kasallik kaytalansa va bemor yosh bo‘lsa (yoshlarga immunodepressantlar berish mumkin emas) taloqni olib tashlashga ruxsat beriladi. Mabodo yuqorida ko‘rsatilgan davolash usullari ham yordam bermasa yoki unga qarshn ko‘rsatma bo‘lsa, u holda plazmoforez qilinadi.
3. Splenektomiya qilingandan keyin operatsiyadan keyingi o‘limni kamaytirish uchun kuniga 80—100 mg dan prednizolon beriladi. Tromb hosil bo‘lishi oldini olish uchun operatsiyadan oldin 3-4 mahal 5000 TB dan geparin, kurantil va tret al beriladi.
KAMQONLIKNI DIFFERENSIATSIYA QILISH
VA DAVOLASH
9-masala. 45 yoshli bemorda hayz ko‘rish natijasida kamqonlik paydo bo‘lgan (Nb—80 g/l, rang ko‘rsatkichi—0,7). Unga 1 tabletkadan 3 mahal gemostimulin ichish buyurilgan. Davolashning o‘ninchi kuni bemorning qornida og‘riq paydo bo‘lib, ko‘ngli aynigan va axlati qora rangga kirgan. Qon qayta tekshirilganda: Nb— 85 g/l, rang ko‘rsatkichi—0,8, qon zardobidagi temir miqdori—25,5 mkmol/l, retikulotsitlar—25%.
1. Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri?
a) bemorning oshqozon-ichagidan qon ketayapti;
b) kon zardobidagi, temir miqdori temir yetishmovchiligidan kelib chiqqan kamqonlikka o‘xshamaydi;
v) qon zardobidagi temir miqdori tanada to‘plangan haqiqiy temir miqdorini ko‘rsatmaydi.
g) bemorda gemolitik kamqonlik bor;
d) retikulotsitlarning ko‘payishi gemostimulin ichishga bog‘liq emas.
2. Bemorni qanday davolash kerak?
|
| |