|
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi
|
bet | 34/186 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #256679 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org9-masalaga javob. 1. Bemorda ko‘p hayz ko‘rish natijasida gipoxrom kamqonlik paydo bo‘lib, temir taqchilligidan kelib chiqadigan kamqonlik bor deb o‘ylash mumkin. Ammo tashxisni tasdiqlash uchun temir preparatlari berishdan oldin qon zardobidagi temir miqdorini aniqdash kerak. Bu bemorga qon zardobidagi temir mikdorini aniqlamasdan turib temir preparati-(gemostimulin) berilgan. Shuning uchun qon zardobidagi temir miqdori ko‘p bo‘lgan (22,5 mkmol/l) bo‘lib, bu haqiqiy qon zardobidagi temir miqdorini kursatmasdan, gemostimulin ta’sirida ko‘payganligini ko‘rsatadi. Gemostimulin ko‘pincha ichni suradi (25% hollarda), shuning uchun xozirgi vaqtda bu dori berilmaydi. Qondagi retikulotsitlarning ko‘payishi va eritrotsitlarning yetilishi temir preparate ta’sirida faollashgan.
2. Bemorga gemostimulin bermasdan temir preparatlari so‘rilishini yaxshilovchi, tarkibida askorbinat -kislota bor ferrokompleks berish kerak.
10- masala. 45 yoshli bemor bo‘shashib ketayotganidan ozgina jismoniy harakat qilganda xansirab kolishdan va terisining rangi sarg‘ayayotganidan shikoyat qiladi. Qonda Nb—50 g/l, retikulotsitlar—45% gacha. ko‘paygan. Kumbesinamasi yordamida bemorga autoimmun gemolitik kamqonlik tashxisi qo‘yilgan. Bemorga kuniga 70 mg dan prednizolon ichish buyurilgan.
10-masalaga javob. 1. Gemolitik kamqonlikni yarednizolon bilan davolab, uning dozasi kamaytirilganda kasallikning qaytalanishi taloqni olib tashlashga ko‘rsatma hisoblanadi. Agar splenektomiya qilish mumkin bo‘lmasa, immunodepressantlar azatioyarin, siklofosfan) bilan davolanadi. Immunodepressantlar yana splenektomiyadan keyin (foyda bermasa) ham beriladi. Gemolitik kamqonlikda bemorga qon quyiladi. Yana bu kasallikda hayotiy ko‘rsatma bo‘lsa (gemoglabin miqdori keskin kamayib, yurak yetishmovchiligi bo‘lsa), aloxida tekshirib yuvilgan eritrotsitlar quyiladi.
2. Taloq olib tashlangandan keyin qon oqishi, septik asoratlari, tromboz va tromboemboliya kuzatilishi mumkin. Immunodepressantlar berilganda sitopeniya hamda ich ketish alomatlari bo‘lishi mumkin. Glyukokortikoidlar berilganda kushingoidizm, arterial gipertenziya, qand kasalligi, osteoporoz, oshqozon yarasi, infeksiyaga beriluvchanlik va sil kasalligi kelib chiqishi mumkin.
|
| |