Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




Download 0,95 Mb.
bet58/186
Sana29.05.2024
Hajmi0,95 Mb.
#256679
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

8


TARQATMA MATERIALLAR. tT


9


Hayot faoliyati fanidan glossariy so’zlari

Termin

Termin izohi

Avtoklav


bosim ostida toyingan suv bug’i bilan sterilizasiya qilish uchun apparat


Alkogolizm


spirtli ichimliklarni uzoq vaqtgacha , meyyoridan ortiq isti’mol va ularga o’rganib qolish natijasida sihat-salomatlikka putur yetib, shaxsning tanazzulga yuz tutishi.




Allergiya


organizmning reaktivligi o’zgarishi bilan bog’liq holda turli moddalarga sezuvchanligining oshishi.




Anemiya

hajm birligida qonda eritrositlar va gemoglabinlar kamayishi bilan ta’riflanadigan holat, kanqonlik.


Antibiotiklar


mikroblar, hayvonlar va o’simliklar chiqaradigan moddalar; ayrim bakteriyalarning rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi yoki ularni qirib yuboradi


Apnoe

nafasning vaqtincha to’xtab qolishi

Aseptika


xirurgik aperatsiyalar, yaralarni bog’lash, endoskopiya va davolash hamda diagnostika maqsadlarida qilinadigan boshqa ishlarda bemorning yarasi, to’qimasi, organlari, bo’shliqlariga mikroorganizmlarga tushurmaslikka qaratilgan tadbirlar sistemasi.




Astsit

qorin istisqosi-qorin bo’shlig’ida ko’p miqdorda erkin suyuqlik yig’ilishi

Auskul’tatsiya


ishlab turgan ichki a’zolardan chiqadigan tovushlarni eshitish, organlarning qanday ishlayotganini bilish uchuch qollaniladigan tekshirish usuli.




Biopsiya


diagnostika maqsadida mikraskopda tirik to’qima yoki organni kesib olish


Vaksina

mikroblar va ularning hayot faoliyatida paydo bo’ladigan maxsulotlardan olinadigan priporatlar. Odam va hayvonlar kasalligining oldini olish yoki davolash maqsadida aktiv imunizatsiya uchun ishlatiladi.


Vaksinatsiya


yuqumli kasalliklarga qarshi aktiv immunitet hosil qilish


Gallyusinasiyalar


aldamchi his, soxta zezgi- haqiqatdan yoq narsani his qilish, sezish, tasavvur qilish va bunga ishonish.




Genetika


irsiyat va organizm ozgaruvchanligi haqidagi fan


Generalizasiya


kasallik prossesining dastlab chegaralangan o’chog’idan butun organizm yoki a’zoga tarqalishi




Tibbiy genetika


Genetikaning bir sohasi bo’lib, irsiyat va o’zgaruvchanlikka taaluqli masalalarni patalogiya nuqtai nazaridan tekshiradi


Genotip

Organizmning irsiy asosi, muayyan organizmga doir barcha irsiy omillarning, ya’ni genlarning majmuasi

Gepatit

Jigarning kelib chiqishi har xil o’tkir va surunkali yallig’lanish kasalliklarining umumiy nomi

Gidroterapiya


Suv bilan davolash; harorati har xil suvni umumiy va mahalliy vanna, shuningdek dush ko’rinishida davolashva kasallikning oldini olish maqsadida ishlatish


Gidrofobiya


Suvdan qo’rqish- qoqshol, asabiy qo’zg’alish va ayniqsa quturish kasalligida suv yutishga urinish vaqtida yutqin mushaklarining tortishib qisqarishi oqibatida kelib chiqadi. Quturish kasalligida bu holat suvni ko’rish bilanoq paydo bo’ladi


Gipertenziya


Organizm bo’shliqlari, qovoq organlari va tomirlardagi gidrostatik bosimning ortib borishi


Gipertermiya


Davolash yoki tajriba maqsadida odam va hayvonlar haroratini sun’iy ravishda ko’tarish usuli


Gipertoniya


1) arterial qon tomiri bosimining ortishi; 2)arterial tomir devori yoki mushaklari tonusining ortib ketishi; 3) ko’z ichki bosimining oshishi


Gipertrofiya


To’qima, a’zo yoki uning bir qismi hajmining kattalashuvi


Gipesteziya


Teri zezgisining pasayishi


Gipovitaminozlar


Organizmda vitaminlar kamayishi bilan bog;liq kasalliklar


Gipoksiya


To’qimalarda kislorod miqdorining kamyishi


Gipotermiya


Issiq qonli organizmni sun’iy sovutish ; haroratni boshqaruvchi markaziy mexanizmlarni narkotik moddalar ta’siri natijasida tormozlanishidan kelib chiqadi


Gipotomiya


Arteriyal qon bosimining pasayishi


Gipotrofiya


Bolalarda oziqlanishining surunkali buzulishi, uning asosida organism holdan toyadi


Glaukoma


Asosan ko’z ichki bosimining ortib ketishi bilan kechadigan ko’z kasalligi


Gospitalizasiya


Statsional uslubda tekshirish va davolash maqsadida bemorni shifoxonaga yotqizish


Dezenseksiya


Bo’g’imoyoqlilarga qarshi kurash chora-tadbirlari


Dezintoksikasiya


Odam va hayvonlar organizmdagi zaharli moddalarni zararlashtirish jarayoni


Dezinfeksiya


Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni fizikaviy va ximiyaviy ta’sir etish bilan qirish


Desmurgiya


Bog’lamlar va har xil jarohatlarda va kasalliklarda ularni to’g’ri ishlatish va bog’lash


Diagnoz

Kasallikning mazmuni va bemor holati to’g’risidagi vrachning to’g’ri xulosasi

Dietoterapiya


Bemorlarni maxsus ovqatlar bilan davolash


Dispepsiya


Ovqat hazm qilinishining buzilishi


Diurez

Siydik hosil bo’lishi va chiqishi

Immobilizasiya


Har xil jarohatlanish yoki kasalliklarda harakatlarni to’xtatish, tinch qo’yish


Immunizasiya


Odam va hayvonlar orasida yuqumli kasalliklarni oldini olish choralari sifatida ularda immunitet hosil qilish usuli


Kollaps

Yurak faoliyatining keskin pasayib ketishi va tomirlar tonusining pasayib ketishidan kelib chiqadigan holat

Koma

Qattiq hushdan ketish

Gomosfera


Inson o’z mehnat faoliyati jarayonida bo’ladigan Fazo


Noksosfera


Xavf mavjud yoki vaqt-vaqti bilan paydo bo’ladigan fazo.


Portlash


Moddalarning bir holatdan ikkinchi holatga tez o’tishi bo’lib, bunda ko’p miqdorda energiya chiqadi va ko’p miqdorda gazlar hosil bo’ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishiga olib kelishi mumkin.


Onkoviruslar


O’sma kasalliklar va leykozlarni keltirib chiqaruvchi viruslar


Lentiviruslar


Kasallikni sekin astalik bilan keltiruvchi viruslar


OIV

Odam immune tanqisligi virusi

Anonim tekshirish


Xufyona tekshirish





Download 0,95 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186




Download 0,95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

Download 0,95 Mb.