«Biologiya o`qitish metodikasi» o’quv kursi bo’yicha ta`lim texnologiyasining kontseptual asoslari




Download 3.32 Mb.
bet23/163
Sana01.03.2023
Hajmi3.32 Mb.
#43882
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
Bog'liq
Blackcurse
8-T, 2-amaily(2)
«Biologiya o`qitish metodikasi» o’quv kursi bo’yicha ta`lim texnologiyasining kontseptual asoslari

1. « Biologiya o`qitish metodikasi » kursining
dolzarbligi va o’qitish strukturasi

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlaganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqillik yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimiga ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta`lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko`rsata olishga, axborot o`qimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir.Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini va imkoniyatini yaratib berish zarur.
O`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan texnologiyaning asosiy g`oyasi o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish barobarida ularning shaxsida mavjud ijodiy loyoqatni rivojlantirish ham sanaladi.
Mаzkur qo`llаnmаning mаqsаdi - o`quvchilаrni fаоl tа`lim оlish jаrаyonigа jаlb qilish, ulаrdа bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrini rivоjlаntirishgа yordаm bеrish, oliy tа`lim muassasalari biоlоgiya fаni bo`yichа o`quv mаtеriаllаrini puхtа o`zlаshtirishgа o`rgаtish.
Biоlоgiya fаni tirik оrgаnizmlаr tuzilishi vа funksiyasining хilmа-хilligi, ulаrning rivоjlаnishi vа yashаsh muhiti bilаn o`zаrо munоsаbаtini o`rgаnаdi. O`simlik vа hаyvоnоt оlаmi, zаmburug`lаr, mikrооrgаnizmlаr, оdаm, ulаrning оrgаn vа to`qimаlаri, funksiyasi, kimyoviy tаrkibi, ulаrdа kеchаdigаn hаyotiy jаrаyonlаr, оrgаnizmlаrning individuаl vа tаriхiy rivоjlаnishi biоlоgiya fаnining tаdqiqоt sоhаsi hisоblаnаdi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedogogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi – talablarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funkciyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi.
“Biologiya o`qitish metodikasi” kursi 90 soatdan iborat bo’lib, shundan 36 soat ma`ruza, 54 soat laboratoriya mashg’uloti 81 soat mustaqil ta`limga ajratilgan.




Download 3.32 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Download 3.32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Biologiya o`qitish metodikasi» o’quv kursi bo’yicha ta`lim texnologiyasining kontseptual asoslari

Download 3.32 Mb.