Navoiy davlat pedagogika instituti




Download 3.32 Mb.
bet22/163
Sana01.03.2023
Hajmi3.32 Mb.
#43882
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
Bog'liq
Blackcurse
8-T, 2-amaily(2)
fani bo’yicha


TA`LIM TEXNOLOGIYASI


N avoiy -2011

Malikova O.R., Ravshanova M.N. «Biologiya o`qitish metodikasi» fani bo’yicha ta`lim texnologiyasi. – Navoiy NDPI 2010. -...b


Majmuada «biologiya» ta`lim yo’nalishi mutaxassisliklari uchun o’quv jarayonida «Biologiya o`qitish metodikasi» o’quv predmeti bo’yicha pedogogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibi aks ettirilgan. Ushbu ta`lim texnologiyasida ta`limning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarini o’qitishda aqliy hujum, keys-stadi usullari, ishbilarmon o’yinlar, muammoli, ko’rgazmali, axborot ma`ruzalar va pedogogik texnologiyalardan foydalanishning uslubiy tomonlari yoritilgan.
Ta`lim texnologiyasi oliy ta`lim va boshqa ta`lim muassasalarining o’qituvchilari uchun mo’ljallab tuzilgan.

Muharrir: dots. Shamsidinova G.D.


Taqrizchilar: b.f.n. Qung`irov X.N.
b.f.n. Qo`shoqov A.J.


KIRISH

« Biologiya o`qitish metodikasi » o’quv predmeti bo’yicha ta`lim texnologiyasi ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarni o’qitishning xorijiy mamlakatlarda keng tarqalgan ilg`or pedogogik texnologiya qoidalari asosida ishlab chiqilgan.


Ushbu o’quv qo`llanmaning tarkibi kirish, Biologiya o`qitish metodikasi fanini o’qitish texnologiyasining kotseptual asoslari hamda ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarni o’qitish texnologiyalaridan tashkil topgan.
Ta`lim texnologiyasining kontseptual asoslari bo`limida « Biologiya o`qitish metodikasi» fanining Davlat va erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning sub`ektlari o’rtasidagi uyg`unlikni ta`minlashdagi ahamiyati va ushbu kursni o’qitishning dolzarbligi asoslangan, o’quv soatlarining mavzular bo’yicha taqsimlanishi hamda kursning asosiy mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, ta`lim texnologiyasini ishlab chiqishda qo’llanilgan asosiy qoidalari: ta`lim usuli va texnikasi; tashkil qilish shakli, vositasi; kommunikatsiya usullari; berilgan ma`lumotlarni nazorat qilish usullari va vositalari; baholash va nazorat qilish tartiblari yoritilgan.
Fanni o’qitish texnologiyasi quyidagi tartibda ishlab chiqilgan.
- Ma`ruza mashg`ulotlarini olib borishda ko’proq ko’rgazmali, muammoli, informatsion va tematik shakllariga e`tibor qaratilgan.
- laboratoriya mashg`ulotlarini olib borishda muammoli savollarni guruhlarga bo`lingan holda muhokama qilish, individual tarzda ishlash, muammoli vaziyatni keys-stadi usulidan foydalanib nazariy bilimlarni laboratoriyaotga qo’llash bo’yicha ko’nikmalar va bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Kursning strukturasini mundarija bilan birgalikda sxema ko’rinishida ham berilganligi kitobda yo’nalishni yanada osonlashtiradi.
Ushbu ta`lim texnologiyasi barcha oliy o’quv muassasalarida, malaka oshirish kurslarida Biologik ta`limning tegishli texnik vositalari bilan jihozlangan auditoriyalarda o’qitishga mo’ljallangan.




Download 3.32 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Download 3.32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika instituti

Download 3.32 Mb.