Navoiy davlat pedagogika instituti




Download 320 Kb.
bet25/29
Sana24.03.2017
Hajmi320 Kb.
#2059
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
3.4.O’ta kuchlanish hodisasi

Suvli eritmalar elektrolizida nazariy hisoblanganda nisbatan ortiqcha kuchlanish berishga to’g’ri keladi.Bu kuchlanish parchalanish kuchlanish deladi va uni qiymati suvli eritmalarda elektrolez paytida hosil bulgan,Eparchalanishga teskari qutubli galvanik elementni kuchlanish (EYUK) EGE dan katta bo’ladi.Mana shu kuchlanishlarni farqiga o’ta kuchlanish deladi h=Eparchalanish-EGE. Agar shu Eparchalanish ni EGE dan ortiqcha qismi –o’ta kuchlanish berilmaganda , Masalan, Eelektrroliz= EGE bo’lsa sistemada tok nolga teng bo’lib qolib elektroliz bormas edi.O’ta kuchlanish hodisasini sababi elektrodlarda yuz beradigan qutblanish hodisasidir. Elektroliz paytida tashqi maydonga teskari qutbli galvanic elementni hosil bo’lishiga qutblanish diyiladi.

O’ta kuchlanishni ahamiyati: 1) O’ta kuchlanish sababli Pb li akkumulyator zaryadlanganda H2 emas, Pb ajraladi; o’ta kuchlanish bo’lmaganda akkumuliyatorni yasab, zaryadlab bo’lmasdi.

2)O’ta kuchlanish sababli tuzlarni eritmalari elektrolizida H2 dan chapdagi Al gachajoylashgan metallarni ajratib olish mumkin, chunki o’ta kuchlanish sababli H2 ni chiqish elektrod potensiali noldan -0,41 V gacha chapga siljiydi.

Elektrolizni ishlatilishi


  1. Metallarning yuzasida metal qoplama hosil qilish galvanostegiya deyiladi. Bu yo’l bilan metallarni korroziyadan asrash ,bezash mumkin.

  2. Elektroliz yo’li bilan relyefli (Masalan, naqshli yuzalar, muhrlarni, gramplastinkalar) buyumlarni aniq nusxasini olishga galvanoplastinka deyiladi (B.S.Yakobi,1837-y.).

  3. Elektroliz yo’li bilan metallarni tozalashga elektrorafinasiya diyiladi.

  4. Elektroliz yordamida aktiv metallar (ishqoriy, ishqoriy-yer merallar, Mg, Al), ba’zi metallmaslar (F2, Cl2, H2, O2), ishqorlar, H2O2 olinadi.

Elektroliz qonunlari (M.Faradey,1833-yil.)

Faradeyning 1-qonuni: Elektrolizda elektrodlarda ajralib chiqqan moddalarning massalari elektrolit eritmasidan yoki suyuqlanmasidan o’tgan tok(zaryad) miqdoriga proporsional: m=kq

m-ajralib xhiqqan moddaning massasi ,g;

q-zaryad miqdori, Kl.

Bu tok (zaryad) I-tok kuchini t-vaqtga kupaytmasiga teng:

q=It;


k-moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti, elektrolitdan 1 Kl tok o’tganda ajralgan modda massasini bildiradi,chunki q=1 Kl da m=k1=k;

Faradeyning 2-qonuni:Har xil elektrolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalaridan bir xil miqdorda tok o’tganda elektrodlarda ajralib chiqqan moddalarni massalari o’sha moddalarni kimyoviy ekvivalentlariga proporsional bo’ladi.

Elektrolizda 1 ekv moddani ajratish uchun kerak bo’lgan tok miqdori o’zgarmas son bo’lib Faradiy soni (F) deyiladi: 1 ekvF(farada)= 26,8A*soat= 1608 A*min=96500 Kl.

Masalan ketme-ket ulangan eritmalardan bir xil -1F dan tok o’tkazsak , elektrodlarda ham bir xil -1 ekv miqdorda moddalar ajralib chiqadi. Elektrolizlarni ktma-ketligiga mos ravishda katodlarga11,21 H2,108 g Ag,32 g Cu;anodlarga 11,21 Cl2, 5,61 O2 ajralib chiqadi.

Yuqoridagilarga ko’ra 96500Kl=F E,g dan k=E/F gat eng. E-moddani ekvivalent massasi, g/ekv; m=kq ga q=It va k=E/F ni qo’ysak:

M=EIt/F=EItsoat/26,8=EITmin/1608=EItsekunt/96500 yoki

V=EvIt/F=EvItsoat/26,8=EvItmin/1608=EvItsekund/96500 bo’ladi,bu yerda V-ajralgan moddani hajmi ,1;Ev-moddani ekvivalent hajmi, 1/ekv.

Elektrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo’lib , unga suvli eritmalarda , ham gazlarda , tuz va ishqoriy eritmalarda sodir buladigan jarayonlar kiradi va metallning muhit bilan uzaro ta’siri natijasida elektr toki hosil bulishi kuzatiladi . Elektrokimyoviy korroziyani sodir bulishi sharoiti , muhitning xossalariga va boshqa turlarga kura tasniflash mumkin. Agressiv muhitlarning turlariga kura korrozion jarayonlar atmosferaviy,Gazda , suyuqliklarda , tuproqda , adashgan toklar ta’sirida , biologik korroziyalarga bulinadi Sodir bulish sharoitiga kura kontakdagi ( har xil metallar birikishida ),oraliqdagi (ikkita metallar orasidagi bushlikda)va kuchlanish ta’siridagi korrozion jarayonlar buladi.Korrozion jarayonlarning tashqi omillari ta’sirida korrozion yemirilish tavsifi,kenetika va mexanizmlari uzgaradi.Korroziyadan shikaslanishning tavsifi va ning hosil bulishi shariotlariga ko’ra umuiy ( tuliq ),mahalliy va tanlanma korroziyalarga bulinadi.

Umumiy korroziyada korroziya maxsulotlari metall sirtining barcha qismlarini tekis yoki notekis kurinishda qoplaydi Mahalliy korroziya metall sirtining ipsimon,buylama ,alohida qismlarida dog’, donador ,nuqta, va sirt ostiga qatlamida tarqalgan kurinishda sodir buladi.Tallanma korroziya -komponent- tallanma va struktura - tallanma turlarga bulinib , ktistalitlararo va tig’simon kurinishlarda uchraydi .

Umumiy korroziya turlari. a- tekis korroziya ; b- notekius korroziya,.Mahalliy korroziya turlari a- dog’ ;b- yarasimon ; v- nuqtali g- sirt osti , d- ipsimon e- buylama

Tanlanma korroziya turlari ; a- kristalitlararo ; b- tig’simon

Agressiv muhitlarning va tashqi yoki qoldiq kuchlanishlarning birgalikda ta’sirida - korrozion darz ketishi , uzgaruvchan kuchlanishlar ta’sirida korrozion charchash xodisalari ruy beradi

Korrozion muhitlarning va o’zaro siljish yoki ishqalanishlarning birgalikda ta’sirida natijasida metal sirtlari yemirilish korrozion erroziya deyiladi .

Korrozion erroziya ishqalanishdagi korroziya va fretting - koziga xos xususiyatlarga ega .

a) metallarning yemirilishi har doimo sirtdan boshlanadi ;

b) korroziya natijasida metal sirti tashqi kurinishlari uzgaradi .

v) korroziya natijasida metal oksidli yoki oksid gidratlari kurinishga aylanadi.

g) korroziya sirtidan chuqurlikka qarab usishi mumkin .

Metallarning korroziya va mexanik omillari ( kuchlanish , deformasiya , ishqalanish va b) ta’sirida shikaslanishi korrozion - mexanik shikaslanish deyiladi.

Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni ishlatilish sharoitida sodir bulishiga kura har xil turlar va kurinishlarga ega buladi .Bulardan keng tarqalgani

korrozion charchash , korrozion darz ketishi ishqalanishda sodir buladigan korroziyalardir. Korrozion charchash korrozion muhit va siklik kuchlanishlar ta’sirida metal va qotishmalarning yemirilish jarayoni natijasida yuzaga keladi . Korrozion charchashda darz hosil bulishning asosiy turlaru quydagilar .

- korrozion muhitning faolligi .

- siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi;

- vaqt birligida yuklanishning sikllar soni ;

- qotishmaning mustahkamligi va korroziyabardoshligi ;

Korrozion charchashning oldini olish uchun optimal tarkibli legirlovchi elementlar bilan legirlangan pulatlar ishlatiladi . Korrozion darz ketish juda agressif muhitda statik chuzuvchi kuchlanishlar ta’siri natejasida paydo bo’ladi . Korrozion darz ketishning quydagi sabablarini keltirish mumkin .–boyitilgan qattiq eritmali fazalarning ajralib chiqgan salbiy potensialli donalar chegarasining korroziya bordoshliligi kamligi

Qotishmada muhitga nisbatan noturg’in strukturaviy tarkibining borligi

- struktura donalari chegarasida vodorodning ko’payishi natijasida kristalitlararo mustahkamligining kamayishi . www. Qmii. Korrozion darz ketishiga qarshi materiallarni tanlashda albatta ekperimental tadqiqot natijalariga asoslaniladi . Frekting – korroziya sird oksid qatlamlarining davriy ravishda yemirilishi va qaytadan hosil bulishidir. Fretig- korroziya kontaklarda sodir bulganligi uchun bu jarayonni kuzatish qiyinroq kechadi . Yemirilish jarayoni tezligi nisbiy kuchish sikllari soni va kuchish amplatudalariga bog’liqdir .Metall sirtiga nisbatan katta tezlik bilan xarakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz oqimlari tezligi ta’siri tufayli erosion- kavitasion shkaslanish sodir buladi . 1.4.korroziyaga qarshi himoya usullari.Metall buyumlarning korroziyadan shikaslanishi natijasida katta yuqotishlar bulayotganligi , korroziyaga qarshi ximoya usullarini ishlab chiqishni toqozo etadi . Korroziyadan ximoya qilishning eng ko’p tarqalgan usullari buyumlar sirtida korrozion chidamli qatlamlar olishga qaratilgan. Bu usularga plastmassa, kompozitsion polimer , lak buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi . Metall buyumlarni sirtini boshqa metall bilan qoplash usullari amaliyotda keng qullaniladi . Temir va uning qotishmalari rux, qurg’oshin mis, xrom kabi metallar bilan qoplanadi . Bu qoplamalar ishlatishda anodli va katodli turlarga bulinadi . Anodli qoplamalarda qoplama materiali yemirilib , asosiy metallni korroziyadan saqlab qoladi . Masalan Fe da Zn qoplamasi . Katodli qoplamalarda qoplamaning yemilishi natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi sodir buladi . Masalan; Fe da Zn qoplamasi . Tabiy sharoitlarda metal sirtidan hosil buladigan yupqa qatlamlarning himoya ta’siri , ya’ni passiflanish jarayono ham metallarni korroziyadan saqlanishga katta yordam beradi. Kislotali muhitlardan metallarning korrozion yemirilish tezligini kamaytirish maqsadida ingibitorlardan foydalaniladi . Pularlarning korrozion bardoshligini oshirish uchun legirlovchi elimentlar qo’llaniladi . Legirlovchi eliment sifatida Cr , Ni elimentlari ishlatiladi . Zanglamas pulalatlardan 12…13 % Cr li , hamda 18% Cr va 8% Ni tarkibli xromnekel’ pulatlar keng kulamda ishlatiladi . Pulatlarning korroziyaga bardoshligi oshirish uchun termik va kimyoviy – termik ishlov berish usulari , hamda sirt tozaligini oshirishning mexanik usullari qullaniladi . Shuningdek metallarni saqlashda mikroiqlim va ximoyalaovchi atmosferalar kabi ximoya usullari mavjud. Korroziyaga qarshi ximoya

usullarini tadqiqot qilish asosan quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda ;


  1. metallga ta’sir ;

  2. muhitga ta’sir ;

  3. kombinatsiyalashgan va kompleks himoya usullarini ishlab chiqish

Sanoatda katodli himoya , protektorlar yordamida va boshqa turdagi elektrokimyoviy korroziyadan ximoyalish usullari qullanilishi keng tarqalgan . Neft va gaz konlarida qullaniladigan quvurlar va rezevuarlar neft – gaz –suv tizimi xossalariga bog’liq ravishda ichki korroziyaga va atrof muhit , atmosfera , tuproq va adashgan toklar ta’sirida tashqi korroziyaga uchraydi . Ichki korroziyadan ximoyalanish muhitga ta’sir qilinsa , tashqi korroziyadan ximoyalanish uchun esa metal sirtiga ta’sir qilinadi. Bu holda bir vaqtning uzida ikki tamonlama korroziyadan ximoyalanish alohida-alohida usullarda olib boriladi. Neft –gaz - suv tizimi tarkibida mexanik qushimchalar va noorganik moddalarning bulishi muhitning korrozion faolligini oshiradi va bir vaqtning uzida kimyoviy va elektrokimyoviy korrozion jarayonlarning kechishiga sabab. Shuning uchun muhitga stabilizator yoki ingibitorlarning kiritilishi muhimdir.



Download 320 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Download 320 Kb.