Navoiy davlat pedagogika




Download 4,78 Mb.
bet105/114
Sana21.05.2024
Hajmi4,78 Mb.
#248030
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
Bog'liq
SSAT

Customize (Sozlash) – dastur parametri va interfeysi elementlarini sozlash. Sozlash imkoniyalaridan foydalanib foyda-lanuvchi interfeysda o‘zining variantini yaratishi, ya’ni buyruqlar panelida kerakli tugmalarni ko‘shishi, buyruqlarni chaqirish uchun qaynoq tugmalar kombinasiyasini o‘zgartirishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin.
Buyruqlar paneli (command panel)
Buyruqlar paneli ekranning o‘ng qismida joylashgan va sahna obyektlarini yaratish va tahrirlash bo‘yicha buyruqlar joylashgan oltita sahifadan tashkil topgan. Tegishli sahifani tanlash uchun sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Sahifa ichidagilar bosh menyuda takrorlanadi.
Buyruqlar panelining tuzilishi:



  1. Create (Yaratish) sahifasi : Ushbu sahifada turlicha ikki va uch o‘lchovli obyektlar yaratish buyruqlari, bo‘laklar tizimi, yorug‘lik manbasi, kamera, yordamchi obyektlar, hajmiy deformasiyalar va boshqalar joylashgan.

  2. Modifu (O‘zgartirish) sahifasi : Ushbu sahifada yaratilgan obyekt parametrlari (uzunlik, kenglik, segmentlar soni va b.), shuningdek,

geometrik obyektlarni o‘zgartirish uchun uskunalar ro‘yxati (modifikatorlar) joylashgan.

  1. Hierarchy (Ierarxiya) sahifasi : Ushbu sahifada obyekt koordinatasining lokal markazini o‘zgartirish buyrug‘i joylashgan. Bundan

tashqari, bu erda ob’eklarning inversiyali kinematikasi bilan ishlash buyruqlari bo‘ladi.

  1. Motion (Harakat) sahifasi : Ushbu sahifa ani- matsiyalangan obyektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan.

  2. Display (Displey) sahifasi : Ushbu sahifada sahna obyektlarini vaqtinchalik yashirish va qayd qilish buyruqlari joylashgan.

  3. Utilities (Utilitalar) sahifasi : Ushbu sahifada sahna obyektlari bilan ishlash uchun qo‘shimcha

utilitalar joylashgan. Masalan, reactor – dinamik obyektlar yaratish, MAXScript – ssenariylarni dasturlashtirish va b.
Buyruqlar panelidagi obyektlar bilan ishlashda, obyektlarhaqidagi axborotlar va ularni tahrirlash uchun buyruqlar joylashgan (rollouts) bo‘lmalari paydo bo‘ladi. Har bir bo‘lma o‘z nomiga hamda “+” (yopish bo‘lmasi) va “-” (ochish bo‘lmasi) belgilariga ega.

  1. Download 4,78 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Download 4,78 Mb.