|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 86/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan plyonkasimon tekislikni tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o‘chirish, ekranda ko‘rsatish va bosmadan chiqarishga bog`liq bo‘ladi.
CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda to‘rtta qatlam bo‘ladi: birinchi qatlam – tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi – (Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi – (Master Guides) yo‘nalish uchun va to‘rtinchi – «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yangi qatlamlarni qo‘shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug`dirmaydi. Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo‘ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko‘rinmas holga kelib qolsa, boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko‘rinmas holda bo‘ladi. Shu bilan birga barchasahifada qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o‘zgaradi.
Qatlamlar bilan ishlashning Диспетчер объектов (Object Manager) satri
Qatlamlar ustidagi hamma operatsiyalar (yaratish, o‘chirish, to‘g`rilash va hokazo) Диспетчер объектов (Object Manager) satri yordamida bajariladi.Bu ekranga menyuning Окно\Панели типи Docker (Windows\Dockers) va Диспетчер объектов (Object Manager) buyruqlari bilan chaqiriladi.
Panel sarlavhasi tagida to‘rtta tugma joylashgan bo‘ladi (chapdan o‘ng tomonga qarab):
Новый слой (New layer) tugmasi yangi qatlamni Слой (Layer) nomi va mos raqamni qo‘shadi.
Показать свойства объектов (Show Objects Properties) tugmasi obyektning xossalarini ko‘rsatadi.
Для редактирования tugmasi barcha qatlamlar uchun tuzatish kiritish imkoniyatini beradi, agarda u o‘chirilgan bo‘lsa, faqat joriy qatlamda ishlatsa ham bo‘ladi.
Вид диспетчера слой (Layer Manager View) tugmasi qatlamlar dispetcheri ko‘rinishini ko‘rsatadi.
Piktogramma sichqonchani o‘ng tomon tugmasi bilan chertilsa qatlamning xossasini bildiradigan menyu chiqariladi va uning yordamida qatlamni o‘chirish yoki uning nomini o‘zgartirishi mumkin.
|
| |