|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 89/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT Rang effektlari.
CorelDRAW dasturining asosiy maqsadi rangli effektlar yaratish bo‘lib hisoblanadi. Bu effektlar nafaqat nuqtali tasvirlar, balki vektorli tasvirlar uchun hamishlatiladi. Эффекты (Effects) menyusidagi Цветовые настройка (Color Adjustment) buyrug`i ro‘yxatni chiqaradi va bu yerda shulardan oltitasi vektorli obyektlarga tegishli.
Яркость-Контраст-Интенсивность (BrightnessContrast-Intensity) filtri tasvirlarni rang tonlarini sozlaydi. Яркость (Brightness) maydoni yorug`lik tushishini o‘zgarish diapazonini ko‘rsatadi, Контраст (Contrast) maydoni – ochiq va to‘q rangli tonlarini o‘zgarishini beradi, Интенсивность (Intensity) maydoni bo‘lsa – ochiq tonlar o‘zgarishini beradi (to‘q ranglar o‘zgarmaydi).
Цветовой баланс (Color Balance) filtri belgilangan obyekt ranglarini o‘zgarishini bildiradi. Bu effektni qiyin tomoni bitta rangni o‘zgarishi ranglarning balansini bosib, boshqa ranglarning o‘zgarishiga olib keladi.
Гамма (Gamma) filtri yorug`lik va kontrast nisbatlarini o‘rtacha ton diapazonidaqarab, soyalar va yorug`lik tushishini sozlaydi. Agarda hech narsa tanlanmasa 1 soni qabul qilinadi, ya’ni tasvirga ta`sir qilganda o‘zgarmaydi. Agarda gamma ranglar soni ortib borsa oqaradi, teskari bo‘lsa qoralashadi.
Цветовой тон/Насыщенность/Светлота (Hue/Saturation/Lightness) filtri rang toni va uning to‘yinganligini o‘zgartiradi.
Негатив (Invert) filtri negativ ranglarni olishga yoki rastrli tasvirlarni olishga mo‘ljallangan. Oq va qora ranglar bir-biri bilan almashtiriladi.
Постеризация (Posterize) filtri rangli ottenkalarni kamaytirishga, ya’ni tasvirni bir nechta lokal ranglarga ajratadi. Bu usul grafikada keng foydalaniladi, masalan, banner turida. Bu buyruq tasvirlarni trassirovkaga tayyorlashda ham qo‘llaniladi.
CorelDRAW dasturida kalendar tayyorlash.
Corel Draw dasturida kalendar tayyorlash juda oson, chunki dasturni o‘zidakalendar tayyorlash uchun alohida funksiyalar joylashgan.
|
| |