|
Topshiriq va nazorat savollari
|
bet | 99/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Fraktal grafika haqida ma’lumot bering.
Fraktal grafika xususiyatlari va imkoniyatlariga izoh bering
Fraktal grafika dasturlar misol keltiring.
Fraktal grafika dasturlar imkoniyati va kamchiligi.
Uch o‘lchovli grafik 2D va 3D dasturlar haqida ma’lumot bering.
Uch o‘lchovli grafik 2D va 3D dasturlarga misol keltiring.
Uch o‘lchovli grafik 2D va 3D dasturlar imkoniyati va kamchiligi.
§. 3D DASTURLARDA UCH O‘LCHAMLI OB’EKTLARNI YASASH.
Amalda barcha grafik muharrirlar nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish uchun uskunalarga ega (1-rasm), ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi hisoblash algoritmlari, animatsiyalarni yaratish vatasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham farqlanadi.
rasm. Autodesk 3D Studio Max (chapda) va Autodesk Maya(o‘ngda) dasturlari interfeysi.
Muharrirlarning qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan muharrirni muhim deb biladi. Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan muharrir bilan qanchalik darajada yaxshi ishlay olishi va uning ijodiy imkoniyatlariga (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozisiyani bilish maqsadga muvofiq) juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi.
Uch o‘lchovli modellashtirishga mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi:
Autodesk 3D Studio Max – ancha keng tarqalgan, shuningdek, grafik paketni o‘zlashtirish nisbatan oson. Ko‘shiladigan modul V-Ray real obyektlar va intererlarni yaratish imkonini beradi.
Autodesk Maya – boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan muxim grafik paket hisoblanadi. Unga qo‘yidagilar tegishli: subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan obyektga turli effektlarni chizish imkoniyati, animatsiyalarning rivojlangan tizimi va b. Realistik intererlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng ishlatiladi.
|
| |