• NewTek LightWave 3D
  • Navoiy davlat pedagogika




    Download 4,78 Mb.
    bet100/114
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #248030
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114
    Bog'liq
    SSAT

    Maxon Cinema 4D – qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi. Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini beradi.

  • NewTek LightWave 3D – juda ham qulay animasion asboblar va yuqori sifatli renderingga ega bo‘lgan grafik paket. Televizion formatda uch o‘lchovli grafika yaratish uchun qulay.

    Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar ham bor. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon tayyorlangan personajlar bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo‘naltirilgan. DAZ Bryce – virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo‘ljallangan grafik paket.
    Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘phollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi juda qulay hisoblanadi.
    Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib obyektlarga turli xil cho‘tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi. Personaj modelini uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib, so‘ngra Zbrush dasturiga impor qilish va ishni oxirigi etkazish (ajinlar, burushgan joylarni qo‘shish va b.) mumkin.
      1. Uch o‘lchovli sahnalar yaratish algoritmi


    Har qanday uch o‘lchovli sahnani yaratish, qoida sifatida, quyidagi algoritmlar bo‘yicha amalga oshiriladi:



    1. qadam. Dastlabki tayyorgarlik: Badiiy vositalardan foydalanib, loyihalashtirilayotan obyekt yoki butun sahna eskizlari yaratiladi. Bu qanday vositalar yordamida sahna obyektlari yaratilishini o‘ylab olish uchun zarur (5.14- rasm).

    2. qadam. Obyektlarni modellashtirish: Poligonal model yaratiladi, buning ustiga yaratilgan model to‘g‘ri geometriya va belgilangan sondagi poligonlarga ega bo‘lishi lozim. Ortiqcha detallashtirish kompyuterni sekin ishlashiga olib kelishi mumkin.

    3. qadam. Materiallarni tayyorlash va o‘rnatish: yaratilgan obyektlarga turli materiallar, shuningdek, turli obyektlardan yorug‘likning qaytishi/sinishi realistik algoritmlarini yaratish imkonini beruvchi proseduraviy sheyderlar o‘zlashtiriladi.



    Eskiz Obyekt modeli Oxirgi natija



    Download 4,78 Mb.
  • 1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114




    Download 4,78 Mb.