|
-mavzu. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI
|
bet | 213/277 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #121222 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat6-mavzu. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI
Reja
6.1. Mehnat resurslarini tasniflash
6.2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi
6.3. Mehnat unumdorligi
6.4. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish
6.5. Ishlab chiqarish resurslarining o‘zaro ta’sir mexanizmi
Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashkari kadrlar xam katta ahamiyatga ega. Kadrlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi uch asosiy omilning asosiysi xisoblanadi. Salohiyat(potensial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, imkoniyat, kuch-quvvat ma’nosini anglatadi.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g‘inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida katnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan xamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy - malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ish kuchini tavsiflaydi. Ish kuchi - insonning mehnatqilishga jismoniy va akliy qobiliyatlari xisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnatqobiliyati ish kuchini tovar xoliga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:
" o‘z qiymatidan ortik bo‘lgan qiymat yaratadi;
" uni jalb kilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas;
" asosiy fondlar va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish darajasi ish kuchiga bog‘liq.
Korxona xodimlarining ro‘yxat bo‘yicha tarkibi kuyidagilarni o‘z ichiga oladi:
" sanoat ishlab chiqarish personali (SICHP) - asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo‘limlari, xisoblash markazi xodimlari;
" noishlab chiqarish personali - uy-joy, kommunal va yordamchi xo‘jaliklarda, sog‘likni saqlash, profilaktika va ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlar;
" raxbarlar - direktor, direktor o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo‘lim boshliklari, ya’ni muxandis-texnik personal (MTP);
" xizmatchilar - xujjatlarni tayyorlash, xisob-kitob va nazorat qilish, xo‘jalik xizmati xodimlari (agentlar, g‘aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar va x.k.).
Kadrlarning korxonada xarakatlanishini tavsiflash uchun kuyidagi ko‘rsatkichlar xisoblanadi va taxlil kilinadi:
Ishchilarni ishga qabul qilishbo‘yicha aylanish koeffitsienti(Kqq ):
Ishdan ketish bo‘yicha aylanish koeffitsienti( )
Kadrlar oqimi koeffitsienti ( )
Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsienti( )
Mehnat resurlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
|
| |