• Elektrolizdagi ikkilamchi jarayonlar
  • Eriydigan anod elektrod yordamida suvli eritmalar elektrolizi




    Download 0,73 Mb.
    bet70/91
    Sana26.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #105837
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

    Eriydigan anod elektrod yordamida suvli eritmalar elektrolizi
    Eruvchan anodli elektrodlar - bular elektroliz jarayonida yemiriladigan, ya'ni eritmaga ionlar holida o'tadigan elektrodlardir. Masalan eriydigan misli, anod elektrod yordamida, mis (2) xlorid CuCl2 eritmasi orqali elektr tok o'tkazilsa, katodda mis ajralib chiqadi, anodda esa xlor ionlari zaryadsizlanmaydi, demak, bunda xlor ajralib chiqmaydi. Bunday holda mis atomlari Cl ionlariga qaraganda o‘z elektronini oson beradi. Natijada anodning o'zi eriydi, ya'ni mis anoddan Cu2+ ionlar holida eritmaga o'tadi. Shu bilan birga katodda Cu2+ ionlari qaytarilib, neytral atomga aylanishi sababli, eritmadagi Ci2+ ionlar konsentratsiyasi o'zgarmaydi. CuCl2 eritmasining anod sifatida mis ishlatilgandagi elektrolizini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.
    CiCI2=Cu2++2CI-
    Katod (-) Cu2+ +2e = Cu0 qaytarilish jarayoni
    Anod (+) Cu0- 2e= Cu2+ oksidlanish jarayoni
    Eruvchan anoddan foydalaniladigan elektroliz juda toza metallar olish uchun ishlatiladi. Bunda elektroliz jarayoni tozalanayotgan metall tuzining eritmasida olib borilishi kerak.
    Tuzlarning eritmalarini elektrolizlab anodda mis, ruh, kadmiy, nikel, kobalt, marganes va boshqa metallar olinadi.
    Eriydigan anod yordamida elektroliz jarayoni metallni boshqa metall bilan qoplashda keng qo'llaniladi. Masalan, nikellashda katodda qoplanishi kerak bo'lgan narsa anodda nikel elektrodlar olib, ikkalasini nikel tuzining eritmasiga tushiradilar va tok o'tkazadilar. Tok o'tkazilganda nikel erib anoddan eritmaga ion holda o'tib, elektrod yuzasida qaytariladi. Bunday qoplash metodiga galvanostegiya deyiladi. Shu usul bilan metallar yuziga zar yuritiladi, kumushlanadi va hokazo.


    Elektrolizdagi ikkilamchi jarayonlar
    Elektrolizda birlamchi va ikkilamchi jarayonlarni bilish kerak. Birlamchi - asosiy protsess bu bevosita elktroddan elektron qabulqilish yoki elektron berish va ikkilamchi-qo'shimcha jarayon - bubirlamchi jarayon mahsuloti, elektr toki ishtirokisiz, elektrolit yoki elektrod moddasi bilan birikishi. Bunday ikkilamchi jarayonni biz osh tuzining suvli eritmasini mis elektrod yordamida elektroliz jarayonlarida ko'rib chiqaylik. Elektroliz sxemasini yozsak:NaCl = Na++ Cl-


    Katod
    Anod


    (-) Na+ 2H2O + 2e- = H2 T+2OH- (+) Cl- Cu0 - 2e = Cu2+


    Ikkilamchi jarayon Cu + 2OH-^ Cu(OH)2


    Katodda H+ ionlari Na+ ionlariga nisbatan engil qaytariladi. Chunki EH2/ H+< E Na/Na+
    Anod elektrod (Cu) erib eritmada OH- ionlari bilan to'qnashib Cu(OH)2 holda cho'kmaga tushadi, bu esa ikkilamchi jarayondir.
    Elektrolizda ikkilamchi jarayon bormasligi uchun elektrodlarda ajralib chiqayotgan moddalar mustaqil yashay oladigan formada bo'lishi kerak. Masalan, Grafit elektrod yordamida mis xlorid CuCl2 tuzining suvli eritmasi elektroliz jarayoni, ikkilamchi jarayoni bormaydi.
    CuCl2=Cu2++2Cl-

    H2O
    Katod



    Anod

    (-) Cu2+


    (+) 2Cl-

    +2e=Cu0


    -2e =Cl2

    Kimyoviy aktiv metallarni (natriy, kaliy, magniy va boshqalar ) ni olishda ikkilamchi jarayon bormasligi uchun elektroliz jarayoni suvsiz muhitda tuzlarning suyuqlanmalarida olib boriladi. Alyuminiy esa suyuqlantirilgan kriolit (kriolit - mineral tarkibi AlF33NaF) ishtirokida aluminiy oksid Al2O3 eritmasini elektroliz qilib olinadi.





    Download 0,73 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eriydigan anod elektrod yordamida suvli eritmalar elektrolizi

    Download 0,73 Mb.