|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali
|
bet | 66/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgMetallarning оlinishi
Aksari metallar tabiatdaoksid, sulfat, sulfid, karbonat va boshqa birikmalar holida uchraydi. Sanoatda metallar ana shu birikmalardan ajratib olinadi. Sanoatda metallar ajratib olish uchun ishlatiladigan tabiiy minerallar ruda deyiladi.
Sanoatda rudalardan metallarni ajratib olish bilan shug'ullanadigan soha metallurgiya deb ataladi. Rudadan metallar bir necha xil usul bilan ajratib olinadi.
Qaytarish usuli. Bundaoksid xolidagi ruda qaytariladi.
Qaytaruvchi sifatida ko'mir yoki CO dan foydalanadi va unga karbotermiy deyiladi.
Cu2O+C=2Cu+CO; Fe2O3+3CO=2Fe+3CO2
Qaytaruvchi sifatidaajratib olinishi kerak bo'lgan metallga qaragandaaktivroq metall yoki metalloid ishlatilishi ham mumkin.
Mg, Al, Si
Bunday usul ayniqsa Al ishlatilsa, Alyuminotermiya - Metallotermiya deyiladi.
Cr2O3+Al=2Cr+Al2O3 Fe2O3+Al=2Fe+Al2O3
Sulfidlardan metall olish
Sulfidlardan metall ajratib olish 2 bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda metall sulfidi kuydiriladi va metall oksidi olinadi.
Ikkinchi bosqichda oksid qaytariladi.
2ZnS+3O2=2ZrO+2SO2
ZnO+C=Zn+CO hosil bo'ladi.
Rudani bekorchi jinslardan tozalash flotatsiya deb ataladi. Flotatsiya chahlarda o'tkaziladi. Ruda chanlarga solinadi suv bilan to'ldiriladi, so'ngra suvli eritmaga ko'pik hosil qiladigan modda (flotreagent) qo'shiladi va aralashtiriladi. Bekorchi jinslar chan tagiga cho'kadi. Foydali qismi ko‘piklarga yopishib, suyuqlik betida yog'iladi va u qismi alohida yig'ib olinadi.
Gidrometallurgiya usulidaasosan rudaning tarkibidagi kerakli metallni kislota yoki ishqor eritmasida eritib, tuz eritmasi holatiga o'tkaziladi va so'ngra bu eritmani elektroliz qilinadi, yoki aktiv metall yordamida eritmadagi metall qaytariladi.
Elektroliz jarayonida metall katoddaajralib chiqadi. Masalan: Respublikamizdaoltin asosan qum bilan aralashma holida uchraydi. Oltinni olish uchun avval aralashma qumdan tozalanadi so'ng kaliy sianid tuzining suvli eritmasi vaatomlar kislorod yordamida eritmaga kompleks birikma holida o'tkaziladi, so'ngra eritmaga ruh qo'shilib oltin qaytariladi. Bu jarayonning reaksiyasi quyidagicha:
Au + 8KCN + O2 + 2H2O 4K[Au(CN)2] + 4KOH
2K[Au(CN)2] + Zn = K2[Zn(CN)4] + 2Au bu usul ekologik toza usuldir.
|
| |