|
Elektrolizda polyarizatsiya hodisasi
|
bet | 71/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgElektrolizda polyarizatsiya hodisasi
Elektroliz jarayonida ko‘pincha elektrolizerdn o‘tkazilayotgan ishchi tok kuchi tashqi EYuK hisobiga o‘z - o‘zidan asta-sekin kamayadi. Elektroliz sekinlashadi va hattoki to‘xtab ham qoladi. Bu elektrodlardagi polarizatsiya natijasidir. Polarizatsiyaning asosiy turlari kimyoviy va konsentratsion polyarizatsiyadir.
Kimyoviy polyarizatsiya - elektrodlarning holatiga bog'liqdir.
Elektrodlarda elektroliz mahsulotlarining adsorbsiyalanishi natijasida elektrodlar yuzasining kimyoviy tabiati o‘zgaradi. Bu esa elektrodni o‘zining asosiy elektrokimyoviy vazifasida tashqari, qarama-qarshi funksiyani bajarishgaolib keladi. Masalan, ko‘p elektrolitlarning suvli eritmalarini elektrolizda katod elektrod yuzasidaadsorbsiyalanadigan vodorod ajralib chiqadi va natijada vodorod elektrod hosil bo‘ladi, katod elektrod materiali esa «astar» vazifasini o‘taydi: (H2/2H+) esaanod vazifasini o’taydi. O'z navbatida elektrolizerning anodida kislorod ajralib chiqish (2HOH-4e=4H++O2) jarayoni boradi, ajralib chiqqan kislorod elektrod yuzasidaadsorbsiyalanadi, ya'ni kislorod elektrod hosil bo’ladi. Bu yangi elektrod ichki galvanik elementni katod elektrod vazifasini o‘taydi. Bunday zanjirning EYuK ishchi tokka qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.
Konsentratsion polyarizatsiya - elektroliz vaqtida elektrodlar yaqinida elektrolit konsentratsiyasi o‘zgaradi. Elektrodlar yaqinida elektrolit konsetratsiyasi o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan polarizasiya konsentratsion polarizatsiya deyiladi
15-MA’RUZA. ELEKTROLIZ.
Reja:
Elektrolit eritmalari va suyuqlanmalari elektrolizi.
Elektroliz qonunlari.
Akkumulyatorlar.
Tayanch so’zlar: elektroliz, eritmalar, suyuqlanmalar, anod, katod, elektroliz, katod jarayonlari, anod jarayonlari, Faradey qonunlari.
|
| |