Birinchi bosqich-jamoaning dastlabki ishi.
Ikkinchi bosqich-ishni jamoa bo’lib rejalashtirish ishi.
Uchinchi bosqich-jamoa bo’lib bajarish ishiga tayyorgarlik.
To’rtinchi bosqich-jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish.
Beshinchi bosqich-jamoa bo’lib bajrish ishini yakunlash.
Oltinchi bosqich-jamoa bo’lib bajarish ishining natijasi.
Bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo’lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanliklarini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi?
Bosqichda pedagog bolalar bilan bajariladigan ishni rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ularda sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisiz? deb bolalarni qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi.
Bosqichda pedagog tadbirni o’tkazish tashkilotchi rahbarini aniqlaydi. Ularga konsultastiyalar beradi. Barcha masalalarni birgalikda hal qilish kerakligi, tadbirga tayyorgarlikni va o’tkazishini nazorat kilish bir- birlari bilan tajriba almashtirishni maslahat beradi.
Bosqichda jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish jamoa rejalashtirgan ishini amalga oshirish bu davrda pedagog barcha egallangan bilimlarni ishga soladi va shuni yaxshi chikishi uchun harakat qiladi. Masalan, «ota-onalar burchagiga har xil foto, stend, devoriy gazetalar».
Bosqichda jamoa bo’lib bajarish ish yakunini kay darajada ekanini? Nimani bajara olding? Nima uchun? kabi savollarga javob izlanadi. Masalan, pedagog har bir tarbiyalanuvchidan mana shu savolga javoblarni fikrlashga, aniqlashga qaratadi.
Ish natijalarini birgalikda muhokama qiladi va uni ish tajribasi sifatida boshqa guruhlarga almashtiriladi. Metodik ko’llanma qilib ishlab chiqiladi. Masalan, ta’lim muassasasida pedagoglarning ish tajribalari.