|
Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
|
bet | 39/75 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 383,84 Kb. | | #136261 |
Bog'liq Nazariy materiallar 1-mavzu pedagogik kreativlik mohiyati, mazm-fayllar.org (5)Kreativlik (lot., ing. «sgea^e « - yaratish, «sgeaIue» - yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayerlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi pedagoglar ham o’zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o’tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o’ziga xos (original)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo’yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Ta’lim oluvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to’rtta mezonni qanotlantirishi lozim.
Mashg’ulotning borishi:
«To’ldirilgan hikoya» testi yordamida pedagogning kreativlik
sifatlariga egaligini o’rganish.
«To’ldirilgan hikoya» testi
Test har biri 8 ta rasmdan iborat ikkita to’plam asosida tashkil etiladi. Hikoyaning qahramoni - Ferdinad nomli shaxs. Testning maqsadi ta’lim oluvchilarning Ferdinandning odatiy kundalik hayotida ro’y bergan ikki hodisalarning mohiyatini qanchalik to’g’ri anglay olishlarini aniqlashdan iborat.
Ferdinand oilali, uning rafiqasi va o’g’li bor. U korxonalardan birida rahbar bo’lib ishlaydi. Shu sababli ikkinchi hikoyada uning qo’l ostida ishlaydigan xodimlari ham ishtirok etadi.
Har ikki to’plam testlarida birinchi qatorda joylashgan to’rtta rasm orqali Ferdinandning hayotida ro’y bergan voqealarning izchilligi aks ettirilgan. Biroq, bu qatorda bitta rasm tushirib qoldirilgan. Sizlar ikkinchi qatorda berilgan yana to’rtta rasm orasidan birinchi qatordan tushirib qoldirilgan rasmni joyiga qo’yish talab etiladi. Tegishli rasm o’z joyiga qo’yilgach, Ferdinand bilan bog’liq voqeaning mazmuni to’la anglanadi.
Talabalarning hatti-harakatlari ikki holatni yuzaga keltiradi:
bordi-yu, tegishli rasm to’g’ri topilsa, personajlarning his- tuyg’ularini to’g’ri anglanadi va Ferdinandning hayotida ro’y bergan voqeaning mazmuni ham to’g’ri tushuniladi;
agarda tegishli bo’lmagan rasm bo’sh katakka qo’yilsa, u holda voqeaning izchilligi ta’minlanmaydi.
Demak, e’tiboringizga havola etilayotgan rasmlarni diqqat bilan ko’zdan kechiring va bo’sh katakni tegishli rasm bilan to’ldiring!
Har bir test bilan ishlashingiz uchun Sizlarga 10 daqiqa vaqt beriladi. Reglament tugashiga bir daqiqa qolganda Sizlarni ogohlantiramiz. Topshiriqni imkon qadar tez bajarishga harakat qiling. Bir topshiriq uchun ko’p vaqt ajratmang. Garchi javobni noto’g’ri deb hisoblasangiz-da, uni bayon eting!
|
| |