Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar:
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’rsida”gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni ijtimoiy muhofazalash to’g’risida”gi Qonuni.
Ta’lim muassasalarining “Tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi Nizomi.
8- mashg’ulot: O’QUV FANI BO’YICHA BOSHQOTIRMALARNI TAYYORLASH (2 soat).
O’quv fani bo’yicha aniq mavzularda rebus va anagrammalarni tayyorlash. O’quv fani bo’yicha aniq mavzularda krossvord, skanvord va boshqa boshqotirmalarni tayyorlash.
Muayyan mavzu bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulot, shuningdek, reyting nazorati uchun darajali testlar to’plamini shakllantirish.
O’zingiz o’qitadigan fan bo’yicha B.Blum taksonomiyasiga ko’ra o’quv maqsadlarini belgilashning 6 ta kategoriyasi bo’yicha, har biri uchun 2 tadan jami 12 ta darajali test tuzing.
Namuna
Kasbiy faoliyat mazmunining asosini nimalar tashkil etadi?
malaka talablari, o’lchovlar, mezonlar;
ishlab chiqarish ta’limi, maqsadi, vazifalari;
kasbiy bilimlar, ko’nikmalar, malakalar;
ilmiy bilimlar, jodiy ko’nikmalar, kompetentlik.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini asosiylari qaysi guruhlarda ifodalangan?
cyhbat, ma’ruza, bahs-munozara, namuna;
kuzatish, suhbat, eksperiment, maktab hujjatlarini o’rganish, anketa, savol-javob, bolalar ijodini o’rganish, test;
ijtimoiy ongni shakllantirish, faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor normalarini shakllantirish, rag’batlantirish, o’z- o’zini tarbiyalash;
suhbat, kuzatish, savol-javob, algoritm, analiz, sintez.
|