• Purkagichli printerlarda
  • Modem
  • Multimedia
  • Kompyuterga ulanadigan qurilmalar




    Download 0.82 Mb.
    bet18/36
    Sana17.03.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #45904
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
    Bog'liq
    Lokal tarmoqlar haqida ma`lumot
    Dasturlash, quvvat-koeffisiyentini-oshirib-elektr-energiya-tejamkorligiga-erishish, Practice and assessment of teaching vocabulary to young learners, 5 2 мавзу YURTIMIZ ME’MORCHILIGI TARIXI XONADON INTERERI HAMDA JIHOZLANISH, LOYXALASH MUSTAQIL ISH NARGIZ, Қуйма 10-маъруза, 8- Маъруза, Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik, ����⨥ 29.2, Oʻroqaliyev Oybek, жахон 2, 2-Mavzu JIXIM, Kun tartibi., Maqola 1
    Kompyuterga ulanadigan qurilmalar
    Kompyuterning imkoniyatlari nafaqat ma`lumotlarni qayta ishlash, kiritish yoki chop qilish bilan chegaralanadi, balki ma`lumotlarni saqlash, qidirish-chiqarish va qayta ishlashda turli xil ulanadigan qurilma ishlatilganda yaqqol seziladi. Xususan, kompyuterdan foydalanuvchi ko`pchilik zamonaviy dasturlarda ishlash (MS WORD, Excel2000, Paint v boshqa dasturlarda) jarayonida “sichqoncha” dan foydalanishi ish jarayonini o`ta osonlashtiradi. Ayrim kompyuterlarda “sichqoncha” o`rniga trekbol,trekpoynt kabi qurilmalar ishlatiladi. Ularning funksiyasi “sichqoncha” kabi bo`lib, ularni ham ishlatish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
    Kompyuterga ulanadigan qurilmalardan yana biri yumshoq disk yurituvchilari (diskovod) bo`lib, u deyarli barcha kompyuterlarda (tarmoqlarda ishlaydiganlari bundan mustasno) hech bo`lmaganda bitta o`rnatilgan bo`ladi. Disk yurituvchi disketlardagi ma`lumotlarni o`qish va unga yozishda ishlatiladi. Keng tarqalgan disketlar odatda 3,5 yoki 5,25 dyuym hajmda bo`lib, mos holda uch dyuymlik va besh dyuymlik disketlar deb yuritiladi.
    Disketlar ularga yoziladigan ma`lumotlarning hajmi bilan bir-biridan farqlanadi. Odatda uch dyuymlik disklarga 1,44 Mbayt hajmli, besh dyuymlik disketga 360 Kbayt va undan ko`p hajmli ma`lumotlar yozish mumkin. Shuni ta`kidlash lozimki, disketni birinchi marotaba ishlatishdan oldin uni formatlash lozim. Bu esa maxsus dasturlar, xususan DOS FORMAT dasturi yordamida bajarilishi mumkin. Disketni formatlash bosqichlari haqida kelgusida to`xtalib o`tamiz.
    Kompyuterga ulanadigan qurilmalardan yana biri kompyuterning monitori (displey) hisoblanadi. Y televizor kabi bo`lib, unda matnli yoki grafik ma`lumotlar tasvirlanadi.
    Monitorlar rangli yoki rangsiz (monoxron) bo`lib, ular bir-biridan o`lchovi bo`yicha farqlanadi. Monitorlarda tasvirlar gorizontal va vertikal bo`yicha 640x480 nuqtadan 1600x1280 nuqtagacha bo`lishi mumkin.
    Qattiq disk (Vinchester) – kompyuterda ishlash jarayonida ishlatiladigan ma`lumotlarni doimiy xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, qattiq diskda operatsion tizim dasturlari, matn muharrirlari, ko`p ishlatiladigan dasturlar majmuasi, dasturlash tillari va h.k. saqlanadi. Odatda kompyuterlar turiga qarab qattiq disklar bir-biridan diskda ma`lumotlarni qanchalik ko`p yoki kam yozish hajmi, ma`lumotlarni o`qish yoki yozish tezligi va qattiq disk ulanadigan interfeys (nazorat turi) bilan farq qiladi. Qattiq disk hajmi kompyuterni ishlatishda asosiy faktorlardan hisoblanadi.
    Kompakt disk uchun disk yurituvchilar kompakt diskdan maxsus ma`lumotlarni, ovozli xotiralarni, o`yinlarni, ma`lumotlarni o`qish uchun mo`ljallangan. Kompakt disk hajmi 640 Mbaytgacha bo`lib, unga ma`lumotlar oldindan yozilgan bo`ladi.
    Strimer – magnitli lentalar kassetaga ma`lumotlarni yozish qurilmasi.
    Qattiq diskdagi ma`lumotlar nusxasini olib qo`yish uchun strimer keng ishlatiladi. Strimerlar bir-biridan hajmi bilan farq qiladi, ya`ni bitta kassetada hajmi 20 Mbaytdan 40 Gbaytgacha ma`lumot yozish mumkin.
    Printer (chop eetish qurilmasi) – har xil (matnli, grafik yoki rasm) ma`lumotlarni qog`ozga (zarur hollarda plyonkaga) chop qilish uchun xizmat qiladi. Printer qurilmasida ma`lumotlarni oq-qora rangda yoki rangli tarzda chop qilish mumkin. Shu bois printerlar bir-biridan farq qiladi. Printerlarning yuzlab turlari mavjud bo`lib, ularning odatda matritsali (nuqtali matritsa), purkagichli (struyniy) va lazerli turlari keng tarqalgan.
    IBM PC kompyuteri uchun matritsali printerlar chop etiladigan ma`lumotlarni nuqtalardan yasaydi, shu bois uning chop qilish sifatida zikr etilgan boshqa turdagi printerlarga nisbatan past bo`ladi.
    Purkagichli printerlarda ma`lumotlar maxsus siyohdonlar yordamida siyoh tomchilarini purkash orqali chop qilinadi.
    Lazerli printerlar chop qilish sifatida yuqori bo`lgan ma`lumotlarni maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki ayrimlarini rangli chop qilish imkoniyatiga ega.
    Modem telefon tarmog`I orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lum almashish imkonini beruvchi maxsus qurilmadir.
    Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo`lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma`lumotlarni kompyuterlarari almashish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko`pchilik modemlar fak-modemlar bo`lib, ularning ayrimlari, ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki (electron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo`lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma`lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma`lumotni uzatish imkoniyatiga ega.
    Multimedia – tasvirli ma`lumotlar bilan ishlashga qodir bo`lgan vosita hisoblanadi. “multimedia” so`zi lotincha media so`zidan olingan bo`lib, “ma`lumot tashuvchi vosita” degan ma`noni anglatadi. Multemediali kompyuterlar so`z, musiqa va boshqa ovozli ma`lumotlar, video ma`lumotlar qabul qiladi va ular ustida ishlaydi.
    Multimediali kompyuterlar albatta kompakt disklar uchun maxsus disk yurituvchilar, ovozli xaritalarga ega bo`lishi kamida Pentium (75Mgts yoki 486Sx) 25Gts tezlikdagi mikroprotsessor, joriy xotirasi 4Mbayt va qattiq disk hajmi 160 Mbayt hamda 640x480 nuqtali rangli video tizimga ega bo`lishi kerak.



    Download 0.82 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




    Download 0.82 Mb.