4.6.Quduqlarni tarpedalash.
Quduqqa neft gaz oqimini yaxshilash uchun tarpedalash jarayonida
zaryadlangan portlovchi torpeda quduqka tushirilib, maxsuldor qatlam qarshisida
portlaydi. Torpeda portlash natijasida quduq deametrini kattartiruvchi g’ovaklar
hosil bo’ladi. Quduqdan radial yunalishda yoriqlar to’ri hosil bo’ladi.
Portlatish usulida ta’sir etish kisilgan burg’ilash
va mustahkamlovchi
quvurlarni bo’shatishda, burg’ilashga yo’l qo’ymayotgan metallarni parchalash va
quduq tubidan chetga olishda, zich qum tiqinlarini buzishda, filьtrlarni tozalashda
va boshqa jarayonlarda qo’llaniladi.
12- rasm: Torpeda
moslamasi tarxi: 1- po’lat
arkon;
2-
Sekin
ta’sir
ko’rsatiadigan portlatgich; 3.-
saklovchi
prujina;4-
elektromagnitli tashlagich;5-
elektromagnit plunjeri;6-
elektromagnit;7-CHugun
koplama;8-osma
Torpeda moslamasining tarxi 12-rasmda keltirilgan. Torpeda trotil va
geksogenning bir-xil miqdoridagi kotishmasi bilan tayyorlanadi. Torpedani
quduqka tushirishda mustahkamlovchi quvurlar tizmasiga zaryadni ishqalanishidan
saqlash uchun kogozbakelitli silndrdan foydalaniladi. Zaryad 40 mn/m
2
bosim va
75
0
S haroratda ishlashga mo’ljallangan.
Torpeda zaryad
kattaliklari quduq diametri, portlash maqsadi va VV ning
xossalariga qarab tanlanadi. Zich tog’ jinslaridan tuzilgan qatlamlarni
torpedalashda ko’p zaryad talab kilinsa, bo’sh tog’ jinslarini torpedalashda uncha
ko’p bo’lmagan zaryadlar bilan amalga oshiriladi.
Quduq tubi atrofi ochiq bo’lgan quduqlarda torpedalashdan ko’prok
foydalaniladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasini shkastlanishdan saqlash uchun
torpeda yuqorisiga suyuk yoki qattiq «mustaxkamlagich» kuyiladi. Suyuk
mustaxkamlagich sifatida – qum, glina yoki sement ko’prigidan foydalaniladi.
Mustahkamlovchi quvurlarni saqlashda qattiq mustaxkamlagichni, suyuk
mustaxkamlagichdan yaxshirok lekin jarayon o’tkazilgandan keyin yaxshirok
tozalashga to’g’ri keladi. Quduqlarda torpedalash ishlarini
geofizik partiyalar
tomonidan olib boriladi.