• 1 - ma’ruza Mavzu: Qatlam energiyasi manbayi va uning neft va gaz qazib olishda ishlatilishi. Reja
  • Neft konini sanoat miqiyosida baholovchi ko’rsatgichlari.
  • «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi»




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/43
    Sana27.02.2023
    Hajmi5.78 Mb.
    #43606
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi fanidan
    73-26-PB
    «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fani «Neft va
    gaz ishi» yo’nalishidagi asosiy mutaxasislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
    fanni o’qitishdan maqsad bo’lajak bakalavrlarni neft va gazni qazib olishda
    qo’llaniladigan zamanoviy texnologiya va texnikalar bilan tanishtirib
    o’rgatishdan iborat.
    «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fanida neft va gaz
    uyumlari tasnifi, qatlam energiya manbalari, uyumlarni ishlatish rejimlari,
    quduq tubi atrofiga ta’sir etish usullari, neft va gaz quduqlari va qatlamlarini
    tadqiqot etish, neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari, favvora, gaz
    kutargich va mexanizasiyalashgan usullarda neft va gaz qazib olish
    texnologiyasi va texnikasi, quduqlarda ta’mirlash ishlarini olib borish
    texnologiyasi va texnikasi bilan tanishib chuqur bilimga ega bo’ladilar
    Ma’lum texnologik jarayonga bo’lgan barcha talablarni inobatga olgan
    holda, tegishli jixoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob kitoblarni bajarishda
    fanning yordami beqiyosdir.
    Ayniqsa jixozlarni ishlatish qoidalrini o’rgatish, ularni o’zvaqtida ko’zdan
    kechirish, lozim bo’lgan xolda, ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni echish
    va jixozlarni xizmat davrini uzaytirishga asos bo’ladi.
    1 - ma’ruza
    Mavzu: Qatlam energiyasi manbayi va uning neft va gaz qazib
     olishda ishlatilishi.
    Reja:
    1.1. Neft konini sanoat miqiyosida baholovchi ko’rsatgichlari.
    1.2. Qatlam bosimi.
    1.3. Qatlam energiyasi manbalari.


    1.1. 
    Neft konini sanoat miqiyosida baholovchi ko’rsatgichlari.
    Neft koni – quruq yoki suv bilan to’yingan tog’ jinslari bilan ajralgan
    bir yoki bir necha neft uyumlarini ustma – ust joylashishidan tashqil topgan
    bo’ladi. Ularni bir vaqtda birgalikda yoki bir vaqtda alohida ishlatish
    mumkin. Har – bir uyumni alohida ishlatish ob’ekti sifatida qarash mumkin.
    Bir uyuum tarkibida bir – necha ishlatish ob’ektlari ham bo’lishi mumkin.
    Har – bir neft koni o’zining sanoat miqiyosida ishga tushirish xilma –
    xilligi va imkoniyatlariga qarab sanoat miqiyosida ahamiyatga ega. Konlarni
    sanoat miqiyosida baholashning cheklangan ko’rsatkichlari mavjud emas. Bu
    ko’rsatkichlarning asosiysi va umumiysi quyidagilar sanaladi.
    1) Neft zaxirasini tashqil qiluvchi, neftni o’zida ushlab turuvchi etarli
    tog’ jinsi xajmining borligi.
    2) Neftni er yuziga chiqaruvchi etarli tabiiy energiyaning mavjudligi.
    3) Neftning tabiiy harakatchanligi etarliligi
    4) Neftning etarli sifatga egaligi.
    5) Neft, suv va gaz joylashgan tog’-jinslarining yaxshi tasnifga egaligi.
    Neft koni va uni o’rab turgan suv xavzasi yagona suv bosimi tizimi deb
    qaraladi. Bunda konning neftga to’yingan xajmidan suvga to’yingan xajmi katta
    bo’ladi. Bir suv bosimi tizimidan bir necha neft koni joylashgan bo’lishi ham
    mumkin.
    Suv bosimi tizimida suv oqimi ma’lum bosimlar farqi va tezlikda ta’minot
    manbaidan oqib chiqish joyi tomon harakatlanadi. Suv bosimi tizimining tabiiy
    ta’minot manbai shu qatlamlarning er yuzasiga chiqqan yuqori qismi ya’ni
    tog’lardagi muzliklar, qo’llar, daryolar va yomg’ir suvlari hisoblanadi. Ta’minot
    manbaidan kelgan suvlar o’z oqimi bilan tizimning eng pastki nuqtasida qo’llar,
    dengiz va daryolarga qo’shiladi. Suv bosimi tizimining uzunligi bir necha 10 km
    dan 100 km gacha bo’lishi mumkin.
    YOpik suv bosimi tizimlari ham mavjud. Neft konlarini ishlatish natijasida
    bir - biriga ta’sir ko’rsatishi ham kuzatiladi. Bir konning ishlatilishi ikkinchi konda
    bosim tushishiga sabab bo’lishi ham mumkin.
    Suv bosimi tizimining geometriyasi va tuzilmasidan tashqari fizik
    kattaliklari: g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, neft, gaz va suvlarning boshlang’ich
    tarkibi, boshlang’ich bosimi, boshlang’ich harorati va neftning gazga to’yinish
    bosimlari ham katta ahamiyatga ega. YUqorida sanab o’tilgan fizik ko’rsatkichlar
    neft qazib olish texnologiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun bu
    ko’rsatkichlar konni ishga tushirishdan oldin aniqlanishi lozim. Bu ko’rsatkichlar
    ikki yo’l bilan aniqlanadi: laboratoriya sharoitida va maxsus tadqiqotlar natijasida.
    Tizimning ko’rsatkichlarini baholash neft qazib olish texnologiyasining
    birdan-bir vazifasidan sanaladi. Neft va suv tarkibida gaz doim uchraydi, u
    ishlatish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Neft gaz va qatlam suvi suv bosimi
    tizimining asosiy tarkibini tashkil qilib, yagona kompleks hisoblanadi. Bu
    kompleksning qonuniyatlarini o’rganish neft va gaz qazib olish texnologiyasini
    tashkil qiladi.

    Download 5.78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi»

    Download 5.78 Mb.
    Pdf ko'rish