• BOB. QURIÒISH JIHOZLARI
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet51/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    Sinov savollari



    1. Ekstraksiyalash deganda nimani tushunasiz?

    2. Ekstragent nima?

    3. Ekstrakt bilan rafinatni tushuntirib bering.

    4. Ekstraksiyalashning qanday usullari mavjud?

    5. Kolonnali va nasadkali ekstraktorlarning farqi va o‘xshashligi nimada?

    6. Ekstraksiyalashning ahamiyati nima?





    1. BOB. QURIÒISH JIHOZLARI





      1. Umumiy tushunchalar


    Nam moddalarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi.


    Nam moddalarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi.
    Moddalarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
    Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida ko‘p miqdorda suv tutgan moddalarni quritish uchun qo‘llaniladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda, mexanik yo‘l bilan namlikni ajratish – moddalarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so‘ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yo‘li bilan ajratib chiqariladi.
    Fizik-kimyoviy usul bilan moddalarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishga asoslangan. Yoðiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam modda joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin.
    Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatida keng ishlatiladi. Quritish ko‘pchilik ishlab chiqarishning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishda moddalarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, namlik avval arzon jarayon hisoblangan mexanik usul bilan, so‘ngra qolgan namlik quritish yo‘li bilan ajratiladi. Modda tarkibidan namlikni bunday murakkab yo‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
    Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo‘l bilan olib boriladi. Moddalarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Sanoatda moddalarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli qo‘llaniladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarida olib boriladi.
    Quritilishi lozim bo‘lgan moddalar uch turga bo‘linadi: qattiq (donali, bo‘lak-bo‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar va suspenziyalar).
    Issiqlik tushuvchi agentning quritilayotgan modda bilan o‘zaro ta’sirlashuv usuliga ko‘ra quritish quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Konvektiv quritish – nam modda bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aralashadi.

    2. Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam modda o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo‘ladi.

    3. Radiatsiyali quritish – issiqlik infraqizil nur orqali tarqaladi.

    4. Dielektrik quritish – modda yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi.

    5. Sublimatsiyali quritish – modda muzlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiriladi.

    Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam qo‘llaniladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi.
    Quritishning turlaridan qat’iy nazar, jarayon davomida modda nam gaz (ko‘ðincha havo) bilan o‘zaro ta’sirlashib turadi. Konvektiv quritish usuli sanoatda keng qo‘llaniladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam havo ta’sirining ahamiyati katta. Shu sababli nam havoning asosiy parametrlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.



      1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




    Download 1,33 Mb.