|
Absorbsiya usulida gazni quritish
|
bet | 52/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
Ushbu usulda asosan suyuq sorbentlar (yutuvchi) qo‘shilib, tabiiy gaz tarkibidan turli xil komponentlarni ajratishga mo‘ljallangan.
Absorbsiya usulida gazni quritish texnologiyasi gaz tarkibidan namlikni yo‘qotish bilan ham amalga oshiriladi.
Absorbentlar tariqasida gazlarni quritishda shunday moddalar qo‘shilishi kerakki, zanglashni kamaytiruvchi, kam qovushoqli, namligi katta, barqarorlashtiruvchi uglevodorodlar bilan qiyin
90
aralashadigan tomonlarni o‘ziga jam qilishi kerak. Absorbentlar sifatida, asosan, glikol birikmalardan etilenglikol (C2H6O2), dietilenglikol (DEG) (C4H10O3), trietilenglikol (ÒEG)
(C6H14O4) ishlatiladi.
Keltirilgan moddalar eng kichik qaynash haroratiga ega bo‘lib,
ularni tiklash davrini kamaytiradi.
Quritish davrida harorat pasayishi bilan glikollarning qovushoqligi ortadi. Shuning uchun jarayonni 283 K dan pastga tushirmaslik kerak yoki ko‘ðincha qovushqoqlikni kamaytirish uchun butil karbinol, benzoil sðirti qo‘shiladi.
Jarayon rejimi haroratni kolonnalarda DEG uchun 437 K (164°C), ÒEG uchun, 473 K (200°C) ushlab turish kerak.
Adsorbsiya usulida gazni quritishda gazdagi namlik va bug‘larni quruq yutuvchi komponent (adsorbent)larni qo‘shish bilan amalga oshiriladi.
Adsorbentlar sifatida xlorli kalsiy, aktivlangan aluminiy oksidi, selikagellar ishlatiladi.
Ushbu adsorbentlar ham mexanik va termik jihatdan mustahkam zanglashni kamaytiruvchi kamyob bo‘lmagan mahsulotlar bo‘lib, to‘yingach almashtirilib turishi kerak.
Sinov savollari
Quritish jarayoni nima uchun kerak?
Sanoatda ishlatiladigan quritish agentlarini aytib bering.
Fizik-kimyoviy quritish usuli qayerda qo‘llaniladi?
Quritishning ahamiyati haqida aytib bering.
Issiqlik yordamida quritish usullarini aytib bering.
Absorbsion quritish va unda ishlatiladigan absorbentlar haqida aytib bering.
Adsorbsion quritish va adsorbentlar nima?
|
| |