• Katalitik kreking qurilmalari
  • Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

    14.6- jadval 
    Neftni qayta ishlashzavodlarida katalitik texnologiyalaridan foydalanish 
    NQIZ da katalitik jarayonlar 
    (2006 y.) 
    Import katalizatorlaridan bog`liqlik, %, 
    va ularning umumiy sarfi, ming t/yil 
    Katalitik kreking
    Riforming 
    Neft fraksiyalarini gidrotozalash 
    Gidrokreking
    Izomerizatsiya 
    80 va 18, shu jumladan flyuid 11 
    70 va 3,5 
    70 va 6-8 
    100 va 0,5 
    70 va 0,5 


    203 
    Katalitik kreking qurilmalari
    . Harakatlanuvchan sharikli amorf katalizatorli 
    birinchi qurilma bo’lib 43-1 turidagi qurilma bo’lgan, uning rivojlantirilgan 
    varianti bo’lib 43-102 turi bo’ldi, keyinchalik 1B, 1A, 1A/1M, 43-103, 43-
    103M, 43-104 turidagi FKK qurilmalari, shuningdek dastlab mikrosferik amorf 
    katalizator asosidagi kombinatsiyalangan qurilma GK-3 katalizator bloki ishga 
    qo’yildi, keyinchalik qurilmalar mikrosferik kristallik katalizator uchun 
    modernizatsiya qilindi. G-43-107 kombinatsiyalangan qurilmasi xom-ashyoni 
    gidrotozalash blokiga, FKK blokiga va rektifikatsiya blokiga ega. 
    So’nggi yillarda dunyodagi neftni qayta ishlah zavodlarida mikrosferik 
    katalizator mavhum suyultirilgan qatlamida katalitik kreking yangi 
    qurilmalarini yaratish bo’yicha texnik va tijorat faolligi FKK qo’llanilish butun 
    davri uchun 
    krekin yuqori darajaga 
    chiqdi. Dunyoda FKK qurilmalari bilan 330 
    dan ortiq neftni qayta ishlah zavodlari jihozlangan, bunda FKK qurilmalarining 
    umumiy quvvati yiliga taxminan 1000 mln. t ni tashkil qiladi. G`arbiy Yevropa 
    mamlakatlarida neftni qayta ishlash hajmida katalitik kreking taxminan 16 % ni 
    tashkil qiladi, Yaponiyada– 17%, AQSh da– 36%, Rossiyada esa - 6 %. 1980-
    1990 yillarda xom-ashyoni 
    nazorat qilinadigan katalitik kreking
    (katalitik 
    reaktsiyalar - asosiylari, termik reaktsiyalar esa minimal) asosida benzin 
    fraksiyalarga o’zgartirish (konversiya) davrida selektivlikni oshirish maqsadida 
    FKK jarayoni «UOP», «Kellogg», «Shell», «ABB Lummus», «Stone Webster» 
    va boshqa firmalar tomonidan sezilarli mukammallashtirilgan edi. Bunda lift-
    reaktorni va yuqoriroq zichlikdagi katalizatorda ishlash uchun xom-ashyo 
    kiritilish uzelini mukammallashtirish hisobidan, shuningdek «UOP» firmasining 
    X-simon texnologik sxemasidan (mo’riga faolligini hali yo’qotmagan sovuqroq 
    ishlangan katalizator kiritilib, bu katalizatorning xom-ashyoga sirkulyatsiyasi 
    sonini va xom-ashyoning o’zgarishi darajasini oshirish imkonini beradi) 
    foydalanish hisobidan jarayonning yuqori ishchi ko’rsatkichlariga erishiladi. 
    «UOP» firmasi tomonidan benzin chiqishini oshirish maqsadida qilingan oxirgi 
    ishlanmalaridan biri 
    millisekunddagi katalitik kreking 
    «MSCC» (14.6-rasm) 
    jarayoni bo’lib, unda xom-ashyoning katalizator bilan dastlabki kontakti juda 


    204 
    qisqa vaqt mobaynida va lift-reaktordan foydalanmagan holda amalga oshiriladi. 
    FKK benzini komponentini yaxshilash va uni ekologik toza benzin 
    normativlarigacha ko’tarish uchun qo’shimcha texnologik choralar qo’llanilib, 
    bu so’nggi yillarda tadqiqotlarda erishilgan natijalar sababli imkoniyati paydo 
    bo’ldi. Jumladan, «Mozir NQIZ» OAJ da «MSCC» modelidagi katalitik 
    kreking yangi o’rnatilgan qurilmasi muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish