• 15.2 Jarayonni boshqarish asoslari va unda ishlatiladigan katalizator
  • Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

     


    206 
    15.2-Jadval 
    Propenning o‘zgarish darajasini bosimga bog‘liqligi 
    Harorat , k 
    O‘zgarish darajasi, % 
    0,1 MPa 
    0,5 MPa 
    1 MPa 
    10 MPa 
    400 
    98 
    98 
    99 
    99 
    500 
    84 
    95 
    98 
    98 
    600 
    36 
    73 
    88 
    92 
    700 

    38 
    68 
    76 
    Polimerlanish karbonil kationli mexanizm bo‘yicha borib, bunda alkenlar 
    gaz fazasida bo‘lib reakstiya katalizator yuzasida boradi. Shuning uchun 
    karbokationlar faqat qarama – qarshi ionlar donalarida adsorbstiyalangan 
    ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda buni ionli juftlikday ko‘rish 
    mumkin, bu erda anion katalizator fazasiga kiradi. Suyuq katalizator 
    qo‘llanilganda reakstiya katalizator plenkasida boradi va ionli juftliklarning bir 
    qismi kinetik mustaqil ionlarga dissostiyalanishi mumkin. 
    15.2 Jarayonni boshqarish asoslari va unda ishlatiladigan katalizator 
     
    C
    3
    -C
    4
    alkenlarni polimerlash natijasida benzinning qaynash harorati 
    chegarasidagi izoalkenlar aralashmasi olishda kationli polimerlashning har xil 
    katalizatorlari ishlatiladi, amalda asosan ikki xil fosfor kislotasi asosidagi 
    katalizatorlar qo‘llaniladi. Suvda P
    2
    O
    5
    ning erishi natijasida gamma fosfor 
    kislotalar hosil bo‘ladi. Eritma tarkibida 72,4% P
    2
    O
    5
    ning bo‘lishida H
    3
    PO
    4
    ortofosfat kislotasi hosil bo‘ladi. Uning zichligi 1870 kg/m
    3
    suyuqlanish harorati
    42,3
    0
    S, qaynash harorati 255,3
    0
    S ga teng. Eritma tarkibida P
    2
    O

    ning ortishi 
    bilan (qator) molekulasida 10
    5
    gacha fosfor bo‘lgan qator polifosforli kislotaar 
    hosil bo‘ladi. Tarkibida 79,7% P
    2
    O
    5
    saqlagan eritma H
    4
    P
    2
    O
    7
    tarkibga ega bo‘lib, 
    pirofosfor kislotasi deyildi. Bu tarkibli P
    2
    O
    5
    ni kislotada 14% ortofosfat, 38% 
    pirofosfor 23% tri-,13% tetro-, 7% penta-, 2% geksa-,1% gepta- va oktafosfat 


    207 
    kislota izlari aralashmasidan iborat bo‘ladi. Bunday kislota 61
    0
    S da suyuqlanadi 
    va 427
    0
    C da qaynaydi. Fosfor kislotalarining kuchi P
    2
    O
    5
    miqdori ortishi bilan 
    ortadi. 72,4% Gashmet kislotalilik funkstiyasi – 4,66 ni tashkil etadi. P
    2
    O
    5
    80% 
    P
    2
    O
    5
    (≈110% H
    3
    PO
    4
    ) kislotasi uchun – 5,72 ni tashkil etadi. SiO
    2
    ga 
    xemosorbstiyalangan H
    3
    PO
    4
    uchun N
    0
    =-5,6
    2
    ,
    8
    6
    ,
    5
    0




    Н
    . Polimerizatsiya 
    katalizatori sifatida fosfor kislotasining aktivligi uning konstentrastiyasi ortishi 
    bilan ortadi. H
    3
    PO
    4
    ning miqdori 100 dan 110% gacha oshganda kislotalilik 10 
    marta ortsa, reakstiyaning tezligi 3 marta ortadi. Kislota konstentrastiyasining 
    keyingi ortishi katalizatorni aktivligini pasayishiga va natijada katalizatorda 
    smolasimon mahsulotlar to‘planishiga olib keladi. H
    3
    PO
    4
    ning jarayon uchun 
    optimal miqdori 108-110%ni tashkil etadi. 
    Reakstiya haroratida kislota ustidagi suvning to‘yingan bug‘ bosimi 
    kislota konstentrastiyasida ortiqroq. Agar xom ashyoda suv bug‘i bo‘lmasa, 
    kislota degidratlanadi va uning konstentrastiyasi ortadi. Agar xom ashyoda suv 
    bug‘i miqdori ortiq bo‘lsa, unda kislota konstentrastiyasi va uning aktivligi 
    pasayadi. Shuning uchun kislota konstentrastiyasini kerakli maromda ushlab 
    turish uchun xom ashyodagi namlikni boshqarib turish kerak. Polimerizastiya 
    katalizatori sifatida ikki xil ko‘rinishdagi fosfor kislotasi foydalaniladi.

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish