Vodorod ishtirokida amalga oshiriladigan reaktsiyalarni sinflanishi 1. Katalitik gidrogenlash - to`yinmagan bog’larni vodorod bilan to`yintirish;
2. Destruktiv gidrogenlash - gidrokreking - vodorod ishtirokida kreking
reaksiyasini sodir bo`lishi. Bunga gidrodeakilirovanie reaksiyasi ham kiradi;
3. Gidrotozalash jarayonida vodorod ishtirokida oltingugurtli, azotli va
kislorodli birikmalar gidrogenolizga uchrab parchalanadi. SHu usudda
yoqilg’ilarni sifati yaxshilanadi.
Gidrogenlash reaksiyasini termodinamikasi Gidrogenlash reaksiyasi ketayotganda issiqlik chiqadi. hamma gidrogenlash
reaksiyalari qaytar jarayondir.
Bundan ko`rinib turibdiki, haroratni ko`tarilsa, reaksiya teskari tomonga ketib
degidrogenlash sodir bo`ladi. Shu sababli gidrogenlashni mumkin qadar past
haroratda olib borish lozim bo`ladi. Lekin gidrogenlash jarayoniga ham ma`lum
miqdorda tezlik hozir etish lozim bo`ladi. Shu sababli jarayonni 100-40°C da (bu
katalizatorni aktivliliga va xom ashyoni turiga bog’liq) va 0,15dan 30-40MPa
gacha bosimda olib boriladi.
Katalizatorlar sifatida Mendeleev sistemasining ko`p elementlari, ayniqsa Cu,
Ag, Fe, So, Ni, Rt, Rd metallari, MgO, Fe
2
o
3
, MoO
3
, WO
3
oksidlari, sulfidlardan
MoS
3
, WS
3
va boshqa ko`p funksiyali katalizatorlar ishlatiladi.
To`yinmagan bog’larni gidrogenlash Bu jarayon neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatida keng qo`llaniladi.
To`yinmagan uglevodorodlar oddiy haroratda ham gidrogenlanadi. Birinchi
navbatda alkadienlar, keyin alkenlar (oldin molekulani chetida qo`shbog’ bo`lgan,
keyin o`rtasida bo`lgani).
Atsetilenlar ham oddiy haroratda gidrogenlashga uchraydi. Harorat 150°C
gacha ko`tarilsa, gidrogenlash yaxshi ketadi.
Bu bog’larni ham molekulani chetidagisi birinchi galda to`yinadi, keyin
o`rtadagisi.