aminlarni, spirtlarni va boshqa qator monomerlarni olinadi. Shular bilan bir
qatorda dealkilirovanie jarayoni ham qo`llaniladi.
Gidrogenizasion jarayonlarga quyidagilar kiradi:
a) Gidrochistka: oddiy rejimda olib borilganda xom ashyo oltingugurt va azot
birkmalari va to`yinmagan uglevodorodlardan tozalanadi;
qattiq rejimda olib
borilganda kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalaridagi aromatik uglevodorodlarni
naftenlarga o`tkaziladi (reaktiv yoqilg’i olish).
b) Gidrooltingugursizlantirish: neftning og’ir qoldiqlarini va mazutni tozalash.
v) Gidrokreking: yuqori haroratda qaynovchi neft fraksiyalaridan yengil
fraksiyalar (benzin, reaktiv va dizel yoqilg’i)ni olish.
g) Gidrotozalash usuli bilan yog’ mahsulotlarini olish.
d) Parafinlarni tozalash.
Gidrotozalash jarayonining ahamiyati. Oxirgi vaqtda umumiy balansda
tarkibida oltingugurt va azot birikmalari ko`p bo`lgan neftlarni
qazib olinishining
ko`payishi va shuning bilan birga, neftdan olinayotgan mahsulotlarni sifatiga qattiq
talab qo`yilishi munosabati bilan va havo flotida reaktiv texnikasining joriy
qilinishi gidrotozalash jarayonining rivojlantirishni taqozo qildi.
Gidrokreking jarayoni kelgusida katalitik kreking jarayonini o`rnini oladi.
Gidrotozalash usuli bilan yog’lar olish jarayon murakkabroq jarayon
bo`lishiga qaramay kelgusida rivojlanadi. Bu usulni asosiy ikkita omili bor:
a) hozirgi yog’ olish jarayonidagi ishlatilayotgan zaharli fenol moddasi
ishlatilmaydi;
b) olinayotgan yog’ning miqdori ko`payadi.
Bulardan tashqari gidroto’yintirish jarayoni ham gidrogenizasion jarayonlarga
kiradi. Masalan, piroliz jarayonida olingan suyuq modda tarkibida bir va bir necha
qo`shbog’i bo`lgan to`yinmagan birkmalar, shular bilan birga, oltingugurt va azotli
birkmalar bor. Bu suyuq moddani sifatini yaxshilash
uchun birinchi navbatda
platina katalizatori ishtirokida 20-75
o
C da 4-5 MPa bosimda ikki va undan ortiq
qo`shbog’li birkmalar smolasimon moddalar to`yintiriladi. Undan keyin bir
qo`shbog’li birkmalarni to`yintiriladi. Bu jarayon 340-380
o
C, 3,5-4 MPa bosimda
olib boriladi, shu vaqtda oltingugurtli va azotli birkmalardan ham tozalanadi.
Benzin va dizel yoqilg’isini oltingugurtli va azotli birkmalardan tozalash -
gidrotozalash jarayoni alyumokobalt yoki alyumonikelmolibden katalizatorlarini
ishtirokida olib boriladi.
C-C bog’ining energiyasi 227 kDj/molga, a C-C bog’ining
energiyasi
332
kDj/molga teng. Shu sababli C-C bog’i osonroq uzuladi. Bu asosiy reaksiya bilan
bir
qatorda
to`yinmagan
birikmalarni
to`yinishi,
qisman
uglevodorod
molekulalarini parchalanishi kabi reaksiyalar sodir bo`ladi.
Gidrotozalash 350-400
o
C va 3-5 MPa bosimda olib boriladi.
Kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini gidrotozalash qilib aromatik
uglevodorodlarni to`yintirish lozim bo`lsa, bu jarayon 10-15 MPa bosimda olib
boriladi.
Neftni qayta ishlagandagi qoldiq mazutni bug’ qozonlari uchun yoqilg’i
sifatida ishlatish uchun katalizator yordamida gidroobeserivanie qilinadi. Bu qoldiq
fraksiyada oltingugurtli, azotli
va metallorganik birkmalar, smolalarning miqdori
ko`p bo`ladi. SHuning uchun katalizatorlarni ishlash jarayoni murakkablashadi,
ularning sirtiga aytilgan birikmalar o`tirib, katalizatorlarni ishlash samaradorligini
pasaytiradi. Mazutda oltingugurtning miqdori 1 % massdan oshmasligi shart.
Termik va katalitik kreking jarayonlarida reaksiya zonasiga tashqaridan
vodorod berilmaydi.
Gidrokreking jarayonida esa tashqaridan vodorod berilgani uchun
yengil va
o`rta fraksiyalar ko`p hosil bo`ladi.
Gidrogenizasion jarayonlarni rivojlanishiga quyidagilar o`z hissasini qo`shdi:
1) Katalitik riforming ustanovkalarida ko`p miqdorda vodorod olinishi.
2) Yuqori samaradorli katalizatorlar ixtiro qilinishi.
3) Gidrokreking ustanovkalarida faqat benzin emas, o`rta va og’ir
fraksiyalarni ham olinishi.
Gidrogenizasion jarayonlarda neft mahsulotlarini oltingugurtli va azotli
birikmalardan tozaligini biroz bo`lsa ham saqlashga imkoniyat hosil qildi.