|
Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasiKATALITIK RIFORMING.
Katalitik riforming – benzinlari detonatsiya xususiyatini oshirish va arenlarni,
asosan benzol, toluol va ksilollarni olish uchun qo`llaniladi. Bu jarayon yuqori
temperaturada (500
0
C) va bosimda (1,5-4MPa) bifunktsional katalizatorlarda olib
boriladi. Bifunktsional katalizator kislotali va gidrirlash, degidrogenlash xossasiga
ega. Kislota funktsiyasini oksid alyuminiy bajarsa, gidrogenlash va degidrogenlash
fraktsiyasi 8 gr metallari, asosan Pt bajaradi.
Alyuminiy oksidi katalizatorni kislotali fraktsiyasini bajaradi. U katalizatorni
izomerizatsiya, gidrokreking, degidrotsiklizatsiya reaktsiyalarida aktivligini
belgilaydi. Sanoatda benzin fraktsiyalarini oktan sonini oshirish uchun riforming
jarayoni qo`llaniladi. Jarayon vodorodli (70-90%) muhitda, 490-520
0
C, 1,5–4 MPa
bosimda va xajmiy tezligi 1-2 ch sirkulyatsiya qilinayotgan vodorodni reaktsiyaga
kirishayotgan xom ashyoga nisbati 1000-1800, riforming uchun C
7
(85-105
0
C)
fraktsiya, C
8
(105-140
0
C), C
9
(85-180
0
C) olinadi.
Jarayonni qattiq rejimda olib borilganda riforming tarkibida 70% aren bo`ladi.
Bularning: benzol 3%, toluol 22%, ksilol 35%, arenlar C
9
-C
10
=9,5%.
Riforming jarayonida sifati past benzindan yuqori oktan sonli benzin
komponenti olinadi, bu jarayonda asosan aromatik uglevodorodlar hosil bo`ladi,
parafin uglevodorodlari izomerlanishga uchraydi.
AVT qurilmalarida neftdan benzin olinadi. (16-20%). Bu benzinlarnioktan
soni 45-55 ga teng. Riformingdan so`ng oktan soni 80-90 (m.m) yoki 90-100 (i.m)
gacha ko`tariladi.
Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi – benzin fraktsiyalaridan aromatik
uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, etilbenzol) olishdir. Bu jarayonda tan narxi
arzon bo`lgan vodorod qo`shimcha mahsulot sifatida hosil bo`ladi. Vodorod
gidrogenlash jarayonlar uchun zarur qo`shimcha mahsulotdir.
|
| |