KIRISH
Bugun biz boshqa davlatlarni vositachiligisiz
xaqiqatda go`zal, noyob o`lkamiz nimalarga
boy
ekanligini
birinchi
bor
tasavvur
qilishimiz mumkin. Bizni dunyo hamjamiyati
integratsiyasiga intilishimiz bizni tashqi
olamga ochiqligimiz ushbu boyliklarni ishga
solishning
juda
yaxshi
imkoniyatlarini
beradi.
Islom Karimov
O`zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish yo`li bilan dadil ketayapti.
Bugun mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi,
tarkibiy
o`zgarishlar
dasturi
amalga
oshirilmoqda,
ishlab
chiqarishni
modernizatsiya qilish bilan birga tubdan qayta qurilmoqda,
yangi sohalar yuzaga
keltirilayapti. Iqtisodiyotni keyingi barqaror va dinamik o`sishi uchun kerakli
poydevor va sharoitlar yaratilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish,
uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog’ini
yanada rivojlantirishga
xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Sohada yangi inshootlarni barpo etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish,
ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko`paytirish, mahalliylashtirishni
kengaytirish, korxonalarni rivojlanishi uchun qulay sharoit,
imkoniyat va
imtiyozlar yaratilmoqda.
Bu o`lkaga tabiat mo`l-ko`l in`omlar berilgan. Amudaryo va Sirdaryo
oralig’iga joylashgan O`zbekiston o`z tabiiy – iqlimiy sharoitlari bo`yicha
Markaziy Osiyoning eng qulay regionlaridan biridir. O`zbekiston o`ta boy mineral-
xom ashyo resurslariga, ham ega. Uning sahnida Mendeleev jadvalidagi hamma
kimyoviy elementlar mavjud.
Hozirgi vaqtda dunyoda neft’, tabiiy gaz, ko`mir
va uran asosiy energiya
manbalari hisoblanadi. Tinimsiz qazib olish hisobiga esa ularning zaxirasi yildan-
yil kamayib bormoqda. Olim va mutaxassislar shu tarzda ishlatilgan taqdirda,
dunyodagi neft’ zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zaxiralari 70-75 yilga, tosh
ko`mir zaxiralari 165-170 yilga, qo`ng’ir ko`mir zaxiralari 450-500 yilga etishini
ta`kidlashmoqda. Shunisi aniqki, bu konlar tugagach,
ularni qayta tiklab
bo`lmaydi.
O`zbekiston qimmatli mineral-xom ashyo resurslariga juda boy bo`lib, uning
sarhadlarida Mendeleev davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud.
Vatanimiz hozirgi kunda oltin zahiralari bo`yicha jahonda 4 o`rinni, uni qazib olish
bo`yicha – ettinchi, paxta tolasi ishlab chiqarish bo`yicha – birinchi, eksporti
bo`yicha – ikkinchi o`rinlarni, uran zaxirasi bo`yicha ettinchi va mis zahirasi
bo`yicha o`ninchi o`rinlarni egallaydi. O`zbekiston rangli va nodir –
er metallari,
neft, gaz, qurilish materiallari, fosforitlar, turli tuzlar, kvarts va boshqa foydali
qazilmalarni katta zahiralariga ega bo`lib, hozirda ularni qayta ishlashda ko`plab
ishlar amalga oshirilmoqda.
Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridandir.
O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo`yicha
etakchi
o`rinlardan birida turadi. Keyingi yillarda O`zbekiston neft va gaz sanoatida tub
o`zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen va qayta ishlangan neft
mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi.
Neft-gaz sanoati sohasida 2013 yilning o`zida 2,8 milliard AQSH dollaridan
ziyod investitsiya o`zlashtirildi. Bu rejalashtirilgan ko`rsatkichlardan 11 foizga
ko`pdir. Jahon miqyosidagi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq
etilmoqda. Masalan, jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri Surg’il
koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasidir. Janubiy
koreyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan
ushbu loyihaning umumiy