NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT




Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana11.12.2023
Hajmi1,49 Mb.
#115390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT 
Neft tashqi ko`rinishlarga ko`ra o`ziga hos hidli quyuq moysimon suyuqlik 
turli tusdagi jigar rang ko`rinishga ega. Neftning zichligi 770-920 kg/m
3
, yonish 
issiqligi 43000-45500 kDj/kg. 
Neftda uglerod miqdori taxminan 84-86%, vodorod miqdori - 10-14%, 
oltingugurt, kislorod va azot miqdori 1-3% bo`ladi. Massa bo`yicha 
uglevodorodlarniig umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi. 
Tarkibidagi elementlarning o`xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan 
neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo`ladi. Bunga sabab, uglerod va 
vodorod atomlarining o`zaro turli shaklda birika olishida.
Neft tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bo`yicha 4 
guruhga bo`linadi. 
I. To`yingan yoki parafin uglevodorodlar, umumiy formulasi: C
n
H
2n+2 
To`yingan uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada 
qaynaydigan (engil) fraktsiyalarda ko`proq bo`ladi. Bu uglevodorodlarning 
birinchi 4 ta vakili 0°S haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo`ladi. 
Bularga: metan CH
4
, etan C
2
H
6
, propan C
3
H
8
, butan C
4
H
10
kiradi. To`yingan 
uglevodorodlarning beshinchi vakili pentan C
5
H
12
dan C
16
H
34 
vakiligacha suyuq 
holatda va C
17
H
36
dan boshlab qattiq holatda bo`ladilar. 
Parafin uglevodorodlar kimyoviy strukturasiga qarab ikki xil guruhga 
bo`linadi: 
-normal-parafin uglovodorodlar; 
-izomer-parafin uglevodorodlar. 
2. Naften uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: C
n
H
2n 

Bu uglevodorodlar tsiklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 
ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar quyidagi 
strukturaga ega: 


Siklopentan
Siklogeksan 
3. Aromatik uglevodorodlar, umumiy formulasi: C
n
H
2n-6 
, C
n
H
2n-12 
Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften uglevodo-rodlarga 
nisbatan oz miqdorda (5-20%) uchraydi. 
benzol 
naftalin 
Ularning birinchi vakili benzol,bo`lib, uning benzin tarkibida bo`lishi oktan 
sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular 
yuqori temperaturada detallarga yopishib qurum va qotishmalar hosil qiladi. 
Aromatik uglevodorodlarning dizel yoqilg’isida kam bo`lgani yaxshi, chunki 
ular dizel yoqilg’isida qiyin oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi, 
natijada dvigagel samarasiz ishlaydi. Moylarda esa, aromatik uglevodorodlar ko`p 
qurum hosil bo`lishiga olib keladi, shuningdek, temperatura pasayganda 
moylarning qovushqoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun aromatik 
uglevodorodlar moylash materiallariga kam qo`shiladi. 
4. To`yinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi: C
n
H
2n 
, C
n
H
2n-2 
Neftni qayta ishlash jarayonida ko`pgina to`yinmagan uglevodorodlar hosil 
bo`ladi. To`yinmagan uglevodorodlar reaktsiyaga moyilligi katta bo`ladi, ular 
uchun qo`shbog’li bog’lanish hisobiga biriktirib olish reaktsiyasiga ko`prok moyil 
bo`ladi. Ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar 
hosil qiladi. To`yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining 
xossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ular yoqilg’ida ham moyda ham 
Бензол
Нафталин


bo`lishi maqsadga muvofiq emas. To`yinmagan uglevodorodlar tarkibida 
qo`shbog’ soniga qarab quyidagicha bo`ladi: 
bitta qo`shbog’li-olefinlar: C
n
H
2n
;ikkita qo`shbog’li-diolefinlar: C
n
H
2n-2 
Bundan tashqari, neft maxsulotlari tarkibida: 
-oltingugurtli birikmalar; 
-kislorodli birikmalar; 
-azotli birikmalar xam bo`ladi. 
Bu birikmalar avtomobil yoqilg’ilari va moylari sifatini yomonlashtiradi. 
Oltingugurtli birikmalar - detallar korroziyalanishini oshiradi: 
Oltingugurt miqdori benzinda – 0.1-0.2% va dizel yoqilg’isida – 0.2 - 0.4%
dan oshmasligi maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Kislorodli birikmalar - ko`pincha neft mahsulotlarining yuqori fraktsiyalarida 
(kerosindan boshlab) bo`ladi. Ularning miqdori 10dan oshmaydi. Bu birikmalar 
asosan har xil kislotalar ko`rinishida bo`ladi. Ular detallarning korroziyalanishini 
oshiradi. Neftda smolali-asfal’t moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi. 
Azotli birikmalar - neft` mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda
asosan smolali-asfal’t moddalari ko`rinishida (0.3 %) uchraydi. Bu moddalar issiq 
detallarda qurum va lok paydo bo`lishini ko`paytiradi. 
1-Rasm. Neftni kayta ishlash qurilmasining sxemasi. 
1-Neftli idish; 2- nasos; 3,5,7-rektifikatsiyalash kolonnalari; 4,6 -pechlar 
 
Бензин риформинг 
курилмасига
Бензин сув буглари
Буглар
Керосин
Дизел ёкилгиси
гидротозалашга
Сув
буги
I фракция
II фракция
III фракция
Сув
буги
Вакуум
480
0
C
360
0
C
Атм
Бензиндан кисман
тозаланган нефт
Мазут
Гудрон
Нефт
Нефт
1
2
3
5
4
6
7



Download 1,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish