340-380
0
S, 3,5-4 MPa bosimda olib boriladi, shu vaqtda
oltingugurtli va azotli
birikmalardan ham tozalanadi.
Benzin va dizel yoqilg’isini oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalash –
gidrotozalash jarayoni alyumokobal’t yoki alyumonikel’molibden katalizatorlari
ishtirokida olib boriladi.
C-C bog’ning energiyasi 227 kDj/mol’ga teng. Shu sababli C-C bog’i osonroq
uzuladi, bu asosiy reaktsiya bilan bir qatorda to`yinmagan birikmalarni to`yinishi,
qisman uglevodorod molekulalarni parchalanishi kabi reaktsiyalar sodir bo`ladi.
Gidrotozalash 350-400
0
S va 3-5 MPa bosimda olib boriladi.
Kerosin va dizel yoqilg’isi fraktsiyalarini gidrotozalash
qilib aromatik
uglevodorodlarni to`yintirish lozim bo`lsa, bu jarayon 10-15 MPa bosimda olib
boriladi.
Neftni qayta ishlagandagi qoldiq mazutni bug’ qozonlari uchun yoqilg’i
sifatida ishlatish uchun gidrooltingugursizlantirish qilinadi. Katalizator yordamida
bu qoldiq
fraktsiyada oltingugurtli, azotli va metallorganik birikmalar,
smolalarning miqdori ko`pdir. Shuning uchun ularning sirtiga birikmalar o`tirib,
katalizatorlarni ishlash samaradorligini pasaytiradi.
Mazutda oltingugurtning
miqdori 1% massadan oshmasligi shart.
Termik va katalitik kreking jarayonlarida reaktsiya zonasiga tashqaridan
vodorod berilmaydi.
Gidrokreking jarayonida ea tashqaridan vodorod
berilgani uchun yengil va
o`rta fraktsiyalar ko`p hosil bo`ladi.
Gidrogenlash jarayonlarni rifojlanishiga quyidagilar o`z xissasini qo`shdi:
1)
Katalitik riforming uskunalarida ko`p miqdorda vodorod olinishi.
2)
Yuqori samaradorli katalizatorlar ixtiro qilinishi.
3)
Gidrokreking uskunalarida faqat benzin emas, o`rta va og’ir
fraktsiyalarni ham olinishi.