• Izo-C 8 H 16 +H 2  Izo-C 8 H 18
  • Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi




    Download 1,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/26
    Sana11.12.2023
    Hajmi1,49 Mb.
    #115390
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    укийди маъл., 13-maktab o’quvchisi, Tabiiy gaz tarkibidagi nordon gazlarni fizik-kimyoviy usul bilan-fayllar.org, azotning tuproqda simbioz holda yashovchi mikroorganizmlar tomonidan ozlashtirilishi , Suvni tozalashni avtomatlashtirish-fayllar.org, Kiber huquq. MI-MD
    GIDROGENLASH JARAYONLARI. 
    Termik va katalitik krekingda xom ashyodagi vodorod kreking mahsulotlari 
    o`rtasida qayta taqsimlanadi. Xom ashyoni fraktsiya tarkibi qancha og’ir bo`lsa va 
    ularda smolali asfal’tenlar qancha ko`p bo`lsa shuncha ko`p vodorodga boy 
    bo`lmagan mahsulotlarni kreking-qoldiq va koks hosil bo`ladi. Og’ir fraktsiyali 
    xom ashyonikreking qilganda minimal’ darajada koks hosil bo`lishi uchun va
    yengil fraktsiyalarni ko`p olinishi uchun tashqaridan vodorod kirgizish kerak. 
    Krekingni bu formisini destruktiv gidrogenlash deyiladi. Destruktiv bo`lmagan 
    gidrogenlashga xom ashyoni vodorod bilan to`yintirish kiradi. 
    Izo-C
    8
    H
    16
    +H
    2
     

     Izo-C
    8
    H
    18
     
    Destruktiv va destruktiv bo`lmagan gidrogenlash jarayonlari o`rtasidagi 
    gidrogenlash formasiga gidrotozalash jarayoni kiradi. Gidrotozalash jarayoni 
    vazifasi neft mahsulotlaridagi oltingugurtli va azotli birikmalarni katalitik usulda 
    vodorod ta`sirida yo`q qilish. Reaktsiya natijasida oltingugurtli birikmalar 
    parchalanib H
    2
    S hosil bo`ladi va to`yinmagan uglevodorodlar to`yinadi. 
    Gidrotozalash jarayoni odatda biroz parchalanish reaktsiyasi bilan boradi. 
    Gidrotozalashdan so`ng olingan mahsulotlarda xom ashyoda bo`lmagan yengil 
    fraktsiyalar va uglevodorodli gazlar mavjud bo`ladi. 
    Destruktiv gidrogenlash jarayoni ko`p vodorod sarflashni talab qiladi (5-7% 
    mass. xom ashyoga). Qurilmalarni texnologik jixozlash murakkab, chunki jarayon 
    yuqori bosimda (300-700 ob) va yuqori temperaturada (420-500 
    0
    C) olib boriladi. 
    Gidrogenlash jarayoni 2-3 bosqichda olib boriladi va bu qurilmalar katta 
    kompleksni tashkil qiladi. Apparatlar yuqori bosimda ishlaydi, shuning uchun ular 
    qimmatbahodir. 
    Katalitik kreking va kokslash jarayonlarining rivojlanishi soddaligi va 
    arzonligi natijasida destruktiv gidrogenlashdan voz kechildi. Yumshoq sharoitlarda 
    olib boriladigan destruktiv gidrogenlash jarayon (50-200 atm) keyingi vaqtda keng 
    joriy etila boshladi. Bu jarayonda vodorod 1-3% sarflanadi va xom ashyo chuqur 
    o`zgarishlarga 
    uchraydi. 
    Bu 
    gidrogenlash 
    jarayonini 
    gidrokreking 


    deyiladi.gidrokreking jarayonini sanoatga tatbiq etilishiga quyidagilar sababchi 
    bo`ldi: 
    1. Xom ashyo sifatida asosan vodorodga boyroq bo`lgan og’ir distillyatlar 
    ishlatiladi. 
    2. Oltingugurt, azot va asfal’tenlarga boy bo`lgan qoldiq mahsulotlar 
    ishlatilishdan oldin deasfal’tizatsiya qilinadi yoki gazoyl fraktsiyasi bilan 
    aralashtiriladi. 
    3. Gidrokreking natijasida benzin fraktsiyasi emas balki kerosin – gazoyl 
    fraktsiyasi, katalitik kreking uchun xom ashyo bo`lgan og’ir fraktsiya va yoqish 
    uchun ishlatiladigan katyol yoqilg’isi olinadi. 
    4. Gidrokreking jarayoni uchun aktiv va selektiv katalizatorlar yaratilgan. 
    5. Ba`zi bir xollarda gidrokreking koks hosil bo`lish bilan boradi va jarayonni 
    o`rtacha vodorod bosimida olib boriladi. 

    Download 1,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi

    Download 1,49 Mb.
    Pdf ko'rish