RSSR+3H 2
RH+R 1 H+2H 2 S Gidrogenlash natijasida oltingugurtli birikmalar parchalanishi yumshoq
sharoitlarda (gidrokrekingga nisbatan) boradi.
Gidrogenlash natijasida kislorodli birikmalar – suvga va azotli birikmalar
ammiakka aylanib ketadi.
Reaktsiyalarni yo`nalishiga temperatura rejimi, qo`llanilayotgan katalizator
katta rol’ o`ynaydi. Temperatura ortishi bilan zanjirlarni va xalqalarni parchalanish
reaktsiyasi
kuchayadi.
Bosimni
pasayishi
uglerod-vodorod
bog’larini
parchalanishiga olib keladi va buni natijasida parafin uglevodorodlardan olefinlar
va olefin uglevodorodlarni aromatik uglevodorodlarga tsiklizatsiyalash kuchayadi.
YUqori temperaturada gidrogenlash va parchalash xususiyatiga ega bo`lgan
aktiv katalizatorlar molibden va vol’fram sul’fidlaridir.
Bu katalizatorlar oksid holida olinib oltingugurtli birikmalar ta`sirida sul’fid
ko`rinishiga o`tadi, lekin katalizator o`zini aktivligini yo`qotmaydi. Bu katalizator
yuqori temperaturada (450-480
0
C) qo`llaniladi.
MoS
2
va WS
2
gidrogenlash va parchalash hususiyatiga ega.
Reaktsiyalarni u yoki bu yo`nalishlarini kuchaytirish uchun katalizator
tarkibiga promotorlar qo`shiladi. Ni yoki Co qo`shilsa gidrogenlash hususiyati
ortadi. WS
2
ni Al–Si ga shimdirilsa (o`tkazilsa) uni parchalanish hususiyati ortadi.
Hozirgi paytda gidrokreking jarayonlarda bifunktsional gidrokreking qiluvchi
katalizatorlar-kislotali hususiyatga ega bo`lgan yonuvchi va aktiv metallar
ishlatiladi. Aktiv metallarga: platina, nikel’, palladin, molibden va hokazolar
kiradi. Aktiv metallar gidrogenlash hususiyatiga ega, kislotali hususiyatga ega
bo`lgan o`yuvchi parchalash va izomerlash hususiyatiga egadir.