bo`ladi. So`ngra vodorod bilan to`yinish sodir bo`ladi. Termodinamik qonunlarga
muvofiq alkandan metan uzilib chiqishi mumkim. Lekin gidrokreking jarayonida
katalizatorlarning xususiyatiga qarab metandan og’irroq uglevodorodl.ar hosil
bo`ladi. Umuman gidrokreking reaksiyasini katalitik kreking va gidrogenlash
reaksiyalarining yig’indisi deb qabul qilsak bo`ladi.
Gidrokreking ikki funksiyali katalizatorlar ishtirokida bir necha bosqichda
boradi. Boshlab katalizatorning gidrogenlash - degidrogenlash aktiv markazlarida
alkanlar degidrogenlash bo`lib alken hosil bo`ladi (oz miqdorda). Keyin alkenlar
katalizatorning kislota aktiv markazida karbkationga o`tadi va karbkationlar
zanjirli karbkation mexanizmi bo`yicha alkanlarni parchalaydi (katalitik kreking
o`xshash). Bu reaksiyalar gidrokreking sharoitida tez va ko`p bo`ladi. SHu sababli
gidrokreking vaqtida ko`proq yengil mahsulotlar hosil bo`ladi. Polimerlanish va
zichlanish reaksiyalari aytarlik sodir bo`lmaydi. Reaksiya zonasida etarli miqdorda
vodorod aylanib turadi.