Miya po`stlog`idagi markazlar




Download 22.73 Kb.
bet2/5
Sana31.10.2023
Hajmi22.73 Kb.
#92372
1   2   3   4   5
Bog'liq
NERV MARKAZLARINING XUSUSIYATLARI
baholash mezoni, Iqtisod.
Miya po`stlog`idagi markazlar
Miya po`stlog`ida nerv markazlari juda ko`p bo`lib, ular morfologik, fiziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Uning ensa qismida ko`rish ta`sirlarshsh qabul qiluvchi ko`rish markazi (9) joylashgan, organdan kelayotgan ta`sirni qabul qiluvchi eshitish markazi (41,42) oldingi markaziy pushtada harakat nerv markazlari (6), keyingi markaziy pushtada sezishning oliy markazi joylashgan. Bulardan tashqari, miya yarim sharlarining 44, 45,6.39,41,43 qismlari bilan bog`langan nutq ko`rish, nutq eshitish, nutq-harakat va boshqa analizatorlarning og`zaki va yozma nutq bilan bog`liq bo`lgan nerv markazlari joylashgan. Miya po`stlog`ida 200 dan ortiq nerv markazlari borligi aniqlangan.
Miya po`stlog`ida irradatsiya (yoyilish) va kontsentratsiya (to`planish) jarayonlari
Markaziy nerv sistemasidagi qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlari qo`shni hujayralariga tarqalishiga irradilyatsiya deyiladi. Iraadilyatsiya hodisasi ta`sirot kuchiga miya po`stlog`ining faollik holatiga bog`liq bo`lib, qo`zg`alish yoki tormolanishi avval yaqin sohalarga keyin uzoqroqdagi sohalarga tarqaladi. Qo`zg`olish va tormozlanish jarayonlari I.P. Pavlov laboratoriyasida shartli reflekslar usuli bilan har taraflama o`rganilgan. Masalan, itning keyingi oyog`i terisining 5 nuqtasi kuchsiz elektr toki bilan ta`sirlanadi. Ammo 1 nuqta ta`sirlanishi ovqat bilan mustahkamlanadi va undan ijobiy shartli refleks vujudga keltiriladi. Qolgan to`rtta nuqtadan farqlash hosil qilish uchun foydalinadi va ularni ta`sirlash tormozlanishga olib keladi. Birinchi nuqtani ta`sirlab, shartli refleks markazida qo`zg`olish paydo qilinadi. Shu vaqtda qolgan nuqtalarni ta`sirlash ham ijobiy natija beradi. Demak, miya po`stlog`ining bir sohasida rivojlanish qo`zg`olish jarayoni boshqa sohalarga (2,3,4 va 5 nuqtalarning miyadagi manziliga) tarqaladi qo`zg`olish yoyiladi: Ma`lum vaqt o`tgach, bu nuqtalardan borgan impulslarning tormozlanish jarayonini yuzaga keltirish xususiyati tiklanadi, qo`zg`olish o`z o`chog`iga to`planadi.

Download 22.73 Kb.
1   2   3   4   5




Download 22.73 Kb.