Miya po’stlog’ining harakatlarni boshqarishdagi ishtiroki




Download 22.73 Kb.
bet4/5
Sana31.10.2023
Hajmi22.73 Kb.
#92372
1   2   3   4   5
Bog'liq
NERV MARKAZLARINING XUSUSIYATLARI
baholash mezoni, Iqtisod.
Miya po’stlog’ining harakatlarni boshqarishdagi ishtiroki
Tana harakatlarini va vaziyatini boshqaruvchi tuzilmalar (harakatlantiruvchi
yoki motor markazlar) MNT ning hamma qismlarida bor. Bu markazlarning
joylashishida ham, faoliyatida ham aniq iyerarxiya (bosqichma-bosqich bo’ysunish) ko’zga tashlanib turadi. Markazlarning ko’p pog’onaligi harakatlarning evolyutsiya jarayonida tobora murakkablashishiga bog’liq. Bu
jarayon davomida erta shakllangan markazlar qayta qurilmagan, faqat
o’zgartirilgan va ulardan teparoqda yangi markazlar paydo bo’lib, eskilarini
o’ziga bo’ysundirgan. Natilada MNT hamma qismida ma’lum joy egallagan
motor markazlar piramidasi shakllangan. Yuzaga chiqadigan harakatlar doirasi
va murakkabligini, ichki a’zolar faoliyatiga uyg’unlashishi darajasini hisobga
olsak, bu piramidaning cho’qqisi orqa miyada, asosi bosh miya po’stlog’ida
bo’ladi.
Miya yarim sharlarining oq moddasi asosan juda ko’p nerv tolalaridan tuzilgan bo’ladi. Nerv tolalari yo’nalishi va funktsional xususiyatlariga ko’ra proyektsion, assotsiatsion va komissural tolalarga bo’linadi.
Proyektsion tolalar bosh miya po’stlog’ining markazlarnni miya sopidagi va orqa miyadagi markazlar bilan borlaydi. Bu tolalar sezuvchi - afferent va harakatlantiruvchi - efferent tolalardan iborat. Proyektsion tolalar har bir yarim sharda radial yo’nalishda joylashgan.
Assotsiatsion tolalar miya po’stlog’idagi turli markazlarni bir-biri bilan bog’laydi. Kalta tolalar egatchalar tagidan o’tib, qo’shni pushtalardagi markazlarni birlashtiradi. Uzun tolalar turli qismlardagi pushtalarni bir-biriga bog’laydi.
Nerv markazi — nerv hujayralari (neyronlar) majmui. Odam, umurtqali xayvonlar va ayrim umurtkasizlar organizmining biror funksiyasini boshkarish, refleks hosil boʻlishida qatnashadi. Oddiy Nerv markazi gangliy hosil qiluvchi bir necha neyrondan tuzilgan. Yuksak darajadagi hayvonlar va odamda Nerv markazi markaziy nerv sistemasi tarkibiga kirib, bir necha ming, baʼzan bir necha mln. neyronlardan tashkil topgan. Organizmning koʻpchilik funksi-yalari markaziy nerv sistemasining turli qismlarida joylashgan bir qancha Nerv markazi tomonidan boshkariladi (Mas, koʻrish sistemasining Nerv markazi oraliqmiya, oʻrta miya katta yarim sharlari poʻstlo-gʻida joylashgan). Sezgi aʼzolari yoki boshqa Nerv markazidan nerv impulsi tarzshsh kelayotgan maʼlumotlar qar bir nerv markazining kirish kanali orqali oʻtadi. Bu maʼlumotlarni Nerv markazining neyronlari analiz va sintez qilib, ularga tegishli javob kaytaradi. Nerv markazi tarkibiga ritmni boshkaradigan neyronlar ham kirishi mumkin. Ular nerv im-pulyelarini vaqtvaqti bilan boshqarish xususiyatiga ega. Nerv markazi faoliyatiningasosiy mohiyati dominantlar prinsipiga asoslangan.
Markaziy nerv sistemasi - odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasis. umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasis. va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) nerv tolalari orqali barcha aʼzolar va toʻqimalar bilan bogʻlangan. Markazii nerv sistemasis.ning eng murakkab va maxsus qismi bosh miya katta yarimsharlaridir. Markazii nerv sistemasis.ning asosiy funksiyasi atrof muhit hamda aʼzolar va toʻqimalardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, qayta ishlash, oʻtkazish va saklash; organizmning barcha sistemalari faoliyatini boshqarish, ular oʻrtasidagi bogʻlanishni amalga oshirish orqali organizmning bir butunligini taʼminlashdan iborat. Evolyusiya jarayenida umurtqasiz hayvonlarda 2 xil: tarqoq-tugunli (boʻshliqichlilarda) va ancha murakkab tuzilgan tugunli (halqali chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilarda) Markazii nerv sistemasis. shakllangan. Umurtqali hayvonlarning embrional rivojlanishida Markazii nerv sistemasis. dastlab yaxlit nerv nayi koʻrinishida boʻlsa, tuban xordalilar (mas, lansetnik)da nerv nayi ularning butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Yuksak xordalilarda embrional rivojlanish davrida nerv nayining oldingi qismi yoʻgʻonlashib bosh miya boʻlimlarini hosil qiladi. Dastlab oldingi, oʻrta va rombsimon boʻlimlar, keyinroq oldingi miyaning bir kismi — oraliq miya tashkil topadi; rombsimon boʻlimdan Varoli koʻprigi, miyacha va uzunchoq miya shakllanadi. Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda oldingi miyaning poʻstloq-osti tuzilmalari (bazal gangliylar, oraliq miya) va bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻi rivojlanadi. Sut emizuvchilarda katta yarimsharlar poʻstlogʻi bosh miyaning eng yirik kismini tashkil etadi. Bosh miya ham orqa miya singari oraliq va harakatlantiruvchi neyronlardan iborat. Sezuvchi neironlar tanasi esa Markazii nerv sistemasis. dan tashqarida gangliylarda joylashgan. Filogenez jarayenida oraliq neyronlarning miqdoriy nisbati ortadi. Yuksak primatlarda ular barcha neyronlarning 99,95% ini tashkil etadi. Markazii nerv sistemasis.da neyrogliya hujayralari ham boʻladi.

Download 22.73 Kb.
1   2   3   4   5




Download 22.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Miya po’stlog’ining harakatlarni boshqarishdagi ishtiroki

Download 22.73 Kb.