• Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________ Sana_________ 9- Mavzu: Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish. I.To’garakning maqsadi
  • II.To’garakning jihozlari
  • Ko’rildi:_________MMIBDO’




    Download 26,75 Mb.
    bet7/74
    Sana04.12.2023
    Hajmi26,75 Mb.
    #110626
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
    Bog'liq
    TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

    Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________

    Sana_________
    8- Mavzu: Bolalar kiyimchalaridan namunalar to’qish.
    To’garakning maqsadi: O’quvchilarga bolalar kiyimlaridan namunalar to’qishni o’rgatish;
    To’garakning jihozlari: Ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar,to’qilgan buyumlardan namunalar,to’qish uchun asbob va moslamalar;
    Mashg’ulotning borishi:
    Shuni aytish kerakki xozirda qo’lda to’qish yanada ommalashib bormoqda va to’qish bilan ko’plab yoshlar shug’ullanmoqda.
    To’qish uchun maxsus o’quv kurslari ochilgan, kitoblar, albomlar chiqarilmoqda.
    Qo’lda to’qish uchun ilmoqli nina ya’ni kryuchok, ilmoqsiz nina ya’ni spitsalardan
    hamda turli xil tolali va rangli iplardan foydalaniladi.



    To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:
    1.To’qish haqida nimalarni bilasiz?
    Uyga vaziga:Bolalar kiyimlaridan namunalar to’qish.
    Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________

    Sana_________
    9- Mavzu: Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish.
    I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
    II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
    III.Mashg’ulotning borishi: O`rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo`lib,oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo`lgan. Shuning uchun har bir oila o`zi uchun buyumlarni o`zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko`p, masalan, so`zana, kirpich, choyshab, choy xalta, zardevor, palak, gulko`rpa, dorpech, parda, belbog`, do`ppi, ko`ylak, dastro`mol, hamyon, joynomoz, sumka, nimcha va boshqalar badiiy did bilan bezatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz. Palak-devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to`lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo`zga kashta tikib tayyorlangan. U so`zanadan gullarning yirikligi, zaminining ham kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o`rtasida yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o`simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko`pincha bodom, qalampir elementlari qo`llaniladi. Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab olti oyli palak, o`n ikki oylik palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli palaka tikilgani bizga ma'lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan.

    Mashhur kashtado`zlar ba'zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o`z mahoratlarini namayon etadilar. Agar oyni ichi sidirg`a rangda ifodalangan bo`lsa, uni oypalak, gar naqshdan bo`lsa gulpalak va hokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo`l mehnati ko`p bo`lganligi uchun so`zana deyila boshladi. Lekin hozir palakni qo`lda tikishga katta ahamiyat berilmoqda.
    Kirpech- kirpo`sh, tokchaga taxlab qo`yiladigan kiyim-kechak ustidan yoki devorni vertikal bo`sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo`lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo`lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. Kirpech o`lchami 250X65sm.
    So’zana - forscha so`zani deb ham yuritiladi, igna bilan tikilgan degan ma'noni beradi. (6- rasm). So`zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo`lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo`yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga tikib tayyorlanadi. U o`ziga xos badiiy ko`rinishiga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalaniladilar. Shuning uchun palakdan farq qiladi.

    Download 26,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




    Download 26,75 Mb.