• Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish. I.To’garakning maqsadi
  • IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash
  • IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash




    Download 26,75 Mb.
    bet8/74
    Sana04.12.2023
    Hajmi26,75 Mb.
    #110626
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
    Bog'liq
    TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

    IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:
    1.Kahstachilikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalarini aytib bering?
    2. Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?
    V.Uyga vaziga: Kashta tikishni o’rganish.
    Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________
    Sana_________
    10- Mavzu: Kashtachilik buyumlaridan namunalar tikish.
    I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
    II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
    III.Mashg’ulotning borishi: Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga egadir. Kashta tikishni bilish orqali, kiyimlarni yangilab olish, ko‘pgina kerakli buyumlarni: salfetkalar, panno, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga sovg‘alarni bezash va tayyorlash mumkin.
    Kashta tikish - qiziqarli va ijodiy ish bo‘lib, u insonga ko‘p quvonch keltirishi, bo‘sh vaqtida ermak bo‘lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Kashta tikish usullarini o‘zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki kashtachilik sabr- toqatli, e’tiborli, tartibli bo‘lishni talab etadi. Chidamli bo‘lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi.
    Kashta tikish san’atining ko‘p asrlik tarixi bor. Arxeologik topilmalarda yozilishicha, qadimdan uy-ro‘zg‘or buyumlarini - sochiqlar, to‘r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa narsalarni kashtalar tikib bezatilgan. Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan- avlodga o‘tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi. Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to‘la mutanosibligi, bajarish usullarining professional aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy vazifasiga to‘g‘ri keladi.
    Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko‘p namunalarito‘plangan, ayniqsa XIX asr kashtalari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha etib kelgan.
    Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalaridan foydalanib kiyim­larni, uy-ro‘zg‘or va xona anjomlarini bezatish mumkin. Bu vaqtda albatta havfsizlik qoidalariga amal qilish zarur, ya’ni kashta tikishda to‘g‘ri o‘tirish, yorug‘likni chap tomondan tushib turishi, asbob- moslamalardan to‘g‘ri foydalanish kerak.
    IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:
    1.Kahstachilikda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalarini aytib bering?
    2. Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?

    Download 26,75 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




    Download 26,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV.To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash

    Download 26,75 Mb.