|
Ko’rildi:_________MMIBDO’
|
bet | 4/74 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 26,75 Mb. | | #110626 |
Bog'liq TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________
Sana_________
4- Mavzu: Kashtachilikda rang tanlash.
To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
To’garakning jihozlari: Ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar,rangli iplardan namunalar.
Mashg’ulotning borishi:
Kashta tikish rang bilan chambarchas bog`liq. Iplarni tanlashda ranglarning yo`g`onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta'sir etishini bilish zarur. O`zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi.
Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami o`tkazilsa, u tarkibiy qismlarga bo`linib ko`rinadi, rangli yo`l-spektr hosil bo`ladi.
Tabiatda ranglarning bunday qo`shilishini ko`pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan o`tishida ko`rish mumkin. Ko`zga ko`rinadigan spektr uzluksiz o`zgara boradigan qizil, to`q sariq, sariq, yashil, zangori, ko`k, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo`ladi. Agar spektr ranglarini o`sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko`k- binafsha va qizil ranglar orasida to`q qizil rang bo`ladi.
Kashta tikish uchun kashta gul, rasm bo`lishi zarur. Naqsh- arabcha tasvir gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado`zlik san'atida har bir millatning o`ziga xos eng ko`p qo`llaydigan naqshlari bo`ladi. O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:1.Kahstachilikda rang tanlash usullari qanday?
Uyga vaziga: Kashtachilikda rang tanlashni o’rganish.
|
| |